uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib
dilkashlik xususiyatlarini
rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik
munosabatini
doimiy
ravishda
o‘z
kasbiy
faoliyatida
mujassamlashtirgan o‘qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
• sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega
bo‘lishi;
• o‘quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o‘quvchiga
individual shaxs sifatida yondashishi;
• birorta ham o‘quvchisining yomon bo‘lishiga, ularning hurmat e’tiborini
qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
• biror o‘quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf jamoasi bilan
o‘zaro yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yilishiga xalaqit qilishini bilishi;
• o‘quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardinatsiya)
saqlash mumkin emasligi;
• sinf jamoasida sodir bo‘ladigan kulgili vaziyatlarda o‘qituvchining o‘ta jiddiy
va qat’iy bo‘lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini
unutmasligi;
• har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy)
o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatni mustahkamlaydigan ko‘prik
ekanligini unutmaslik.
O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati o‘quvchilar
jamoasi bilan qizg‘in, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib ketishida namoyon bo‘ladi.
Avvalo, o‘qituvchi o‘zining kasbiy-pedagogik dilkashlik fazilati haqida va uning nima
ekanligini va tarkibiy qismlari nimalardan iboratligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega
bo‘lishi lozim. SHu bilan birga o‘qituvchi o‘zining kasbiga xos bo‘lgan
shaxsiy
fazilatlari nuqtai nazaridan e’tibor berib, dilkashlikning qanday jihatlarini o‘zida
shakllantirish lozimligini aniqlashi va o‘z-o‘zida kommunikativ hislatlarni
tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak.
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga
barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni
insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr
yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir.
Pedagogikada o‘qituvchining o‘quvchilar bilan
munosabati ularning yosh
xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab
qilinadi.
SHunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq
shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining
sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo
unutmasligi kerak.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan
jazolash
usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar
ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi,
yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etkazishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha dars va darsdan tashqari
jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt
sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi,
u yillar
davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida,
sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda
takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish
pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda zarurdir.
Dostları ilə paylaş: