O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari
O‘qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko‘nikma va
malakalarini mukammal takomillashtirgan holda o‘z mahoratini oshirish uchun
quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:
Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avvalo, o‘qituvchi
o‘z fanini, o‘qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda bilishi,
pedagogik va axborot texnologiyalarini, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini
davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalay oladigan
bo‘lishi zarur. Chunki pedagogik texnika o‘qituvchilarning individual shaxsiy xusu-
siyatlariga ham bog‘liq. Har bir o‘qituvchi o‘z tafakkuriga, fikrlash qobiliyatiga,
o‘zining kasbiy yo‘nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalish va
laboratoriyani o‘qituvchilarning o‘zlari mustaqil fikr yuritishlari, mustaqil bilim
olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo‘lga kiritadilar va mohir
o‘qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat qiladilar.
Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o‘qituvchining tashkiliy -
metodik malakalarni egallashiga ham bog‘liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo‘yicha
ma’ruzalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi. Tashkiliy-
metodik malakalar aytilgan yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalarni o‘zining individual kasbiy
tajribasida sinab, ko‘nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh
bo‘lib ishlash, o‘qish, faoliyat ko‘rsatish asosida qurilgani ma’qul. Chunki guruh yoki
jamoa bo‘lib o‘qish, ishlash har bir o‘qituvchiga refleksiv qobiliyatlari asosida, o‘zini
boshqalar ko‘zi bilan ko‘rishni va baho berishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza
bilishni, muomala va xulq-atvorning yangi shakllarini izlab topish va sinash
imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun asos bo‘ladi
va pedagogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko‘rish, nazariy masalalarini hal
qilish uchun tajriba maydonini tashkil qilishga zamin yaratadi. Demak, tashkiliy -
metodik malakalarni egallashda guruh, jamoa faoliyati, mashg‘ulotlar pedagogik
texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchining malaka
oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mashg‘ulotlar
(ulardan pedagogik texnika sirlarini o‘rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini
tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini egallash
individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda
va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni talabalik
yillarida o‘zida tajribali o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini
shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy
ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texnikani egallashda muhim rol o‘ynaydi.
Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan
qiyinchiliklarning asosiy sababi aynan pedagogik texnikaga oid ma’lumotlarni
bilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib
o‘tilgan fikr va mulohazalarga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda nazariy va
amaliy tajribalarning yo‘qligi, o‘z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik
oqibatida hamda o‘qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil
qilish va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan pedagogik
faoliyatning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini
unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: |