Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

 
 
 
7-mavzu: O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY TASHKIL ETISH. O‘Z- O‘ZINI 
TARBIYALASH VA O‘Z USTIDA ISHLASH.
REJA: 
1.Pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish. Pedagogik maqsadning 
qo‘yilishi. Maqsadning izchilligi.
2.Pedagogik faoliyatni rejalashtirishning asosiy qonuniyatlari. Pedagogik 
faoliyatni oqilona rejalashtirish. 
3.O‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyat tavsifi.
4. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratni 
shakllantirishning asosiy sharti sifatida 
5.O‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalashning pedagogik-psixologik asoslari 
Tayanch iboralar: Tarbiyaning mohiyati va zamonaviy xususiyatlari, 
tarbiyada o’qituvchining roli, tarbiyachilik mahorati (kuzatuvchilik, tashkilotchilik, 
notiqlik, aktyorlik va hokazo), pedagog va o’quvchilarning o’zaro munosabati, 
pedagogik takt, kasbiy etika. Pedagogik faoliyat, kasbiy faoliyat, xalq o’g’zaki ijodi. 


O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati 
Pеdаgоgik mеhnаt – mеhnаt turlаridаn biri bo’lib, undа o’qituvchi vа 
o’quvchilаr, mоddiy vа mа’nаviy vоsitаlаr, mеhnаt shаrt-shаrоitlаri fаоl o’zаrо 
hаrаkаtdа bo’lаdi. Qаchоnki, pеdаgоgik fаоliyat fаn vа аmаliyotning zаmоnаviy 
yutuqlаrigа, mеhnаt jаrаyonini hаr tоmоnlаmа mеtоdоlоgik tаhlil etish, bаrchа 
оmillаrdаn mаjmuаviy fоydаlаnishgа аsоslаnsа, u hоldа uni ilmiy tаshkil etilgаn 
mеhnаt dеb аtаsh mumkin. O’qituvchi mеhnаtini ilmiy tаshkil etishgа 
pеdаgоgikаning аlоhidа sоhаsi sifаtidа qаrаlаdi.
O‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta 
tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart – sharoitlarga 
va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. O‘qituvchi 
mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun mehnatni amalga 
oshiruvchi o‘qituvchi avvalo o‘z mehnatini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan 
pedagogik mahoratiga va o‘z ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot 
kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiyoti davrida o‘qituvchi mehnatini ilmiy 
asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay darajada 
o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq. 
Shu bilan birga o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar 
integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so‘nggi yutuqlarini 
muntazam o‘zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion 
texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy adabiyotlar asosida o‘zlashtiriladi. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish, 
o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv va tarbiya jarayonida har 
bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik 
muvaffaqiyat garovidir. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi; 
- ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini
to‘liq tasavvur eta olishi; 
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi; 
- o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoniyatlarini yaxshi 
anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart. 


O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bir maqsadga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo‘lib, u yuqorida ta’kidlab o‘tilganlardan 
tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g‘ayratni talab etadi. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin 
faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har 
tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o‘z kasbini puxta 
o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin