va tarbiyalash ishida bulgan munosabatiga boglik. Kelajak avlod xaqida qayg‘urish,
soglom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy
xususiyatimizdir. SHu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi
qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari
bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirilishi
pedagogik mahoratni takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmokda.
Zamonaviy pedagogga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi.
SHuningdek maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalarini kuzatish, ularning
o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan
taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli
vositalar bilan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, taxlil qilish, pedagogik izlanishlar va
yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofikdir.
Dostları ilə paylaş: