28
Uchinchi bob.
Ingliz tilida qo’shma gaplar hajmi mavzusini o’zbek maktablarida o’qitish
muammolari
3.1.
. Ingliz tilida qo’shma gaplar hajmi mavzusini o’zbek maktablarida o’qitish
bo’yicha metodik tavsiyalar
Hozirgi paytda ta’limdagi eng muhim masalalardan biri o’qitish maqsadi, mazmuni, metodlari,
vositalari, tashkiliy shakllari va o’qitish jarayonida o’rganilayotgan fan materiallari asosida
bilimlar berish va tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish hisoblanadi.
Vatanimizda qabul qilingan muhim hujjatlar ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ va
―Ta’lim to’g’risidagi qonun‖ larda ham hozirgi paytda chet tili o’qitishda ilg’or pedagogik
texnologiyalardan va interfaol metodlardan samarali foydalanish zarurligi ko’rsatilgan.
Mamlakat
kelajagi, uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti ko’p jihatdan o’qituvchining
qanday mutaxassis tayyorlashiga bog’liq. Zamon talabiga javob beradigan yetuk mutaxassisni
esa faqat bilimli, tajribali va malakali o’qituvchilar tayyorlashlari mumkin.Kadrlar tayyorlashga
mas’ul o’qituvchi esa tajribali, zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan xabardor, texnik
vositalardan, dars maqsadi va mazmuniga ko’ra samarali foydalana oladigan mutaxassis
bo’lmog’i talab etiladi.
Zamonaviy dars—murakkab texnologik jarayon hisoblanib,
unda texnik vositalar,
kompyutertexnologiyasi, talabalardagi individuallikni hisobga olishni taqazo etadi.
Darsdagi muhim narsa o’qituvchi (ta’lim beruvchi) va o’quvchi (ta’lim oluvchi)
munosabati, ularning birgalikdagi faoliyati hisoblanib, dars shakllarini aniqlashda ular hisobga
olinishi zarur.
Ma’lumki, dars didaktik kategoriya hisoblanib ta’limning tashkiliy shakllaridan biri
hisoblanadi va u bilimlar o’zlashtirishining hamda nutqiy ko’nikmalar va malakalar xosil
qilinishining ma’lum bir tarkibi va qolipini ifodalaydi. U o’qituvchi va o’quvchining maxsus
tartib va reja asosida tashkil qilingan faoliyati majmuasi ham hisoblanadi.
29
Chet tili o’rgatishda o’qitish vositalari deganda chet tili o’rgatishda foydalaniladigan,
qo’llaniladigan qurollar tushuniladi. Chet tili o’qitishning turli o’qitish vositalari mavjud. Ingliz
tili o’qituvchisi ulardan foydalanib o’quvchilarga til materiallarini o’rgatadi,
tushuntiradi, malaka
va ko’nikma hosil qiladi. Ular yetishmasa yoki bo’lmasa biz o’quvchilarga, talabalarga
ingliztilidan to’liq amaliy bilim berishimiz, ularni tarbiyalashimiz qiyinlashadi. Vositalarni
qo’llash tez tushunishga, ongli o’zlashtirishga, xotirada saqlashda yordam beradi. O’qitish
vositalari murakkab o’qitish tizimining tarkibiy qismidir.
Shu sababdan vositalarning o’rni muhim va ahmiyati kattadir.G.V.Rogova keyingi
paytlarda ingliz tilini o’qitishda o’qitish vositalarini va o’qitish materiallarini qo’llanilishi
to’go’risida to’xtalib, uni quyidagicha tariflagan:o’qitish vositalarini qo’llash
yoki ulardan
foydalanish deganda biz har xil turdagi shunday moslamalarni ko’zda tutamizki,ulardan biz
ingliz tili materiallarini o’quvchilarga taqdim qilishda, ongida mustahkamlashda, malaka va
ko’nikmalarni shakllantirishda, tekshirishda foydalanamiz. G.V.Rogova vositalarni ikkiga
bo’ladi:
1.Mexanik bo’lmagan (non mechanical)
2.Mexanik bo’lgan (mechanical aids)
Mexanik bo’lmagan
vositalarga sinf, magnit doskalarni, flanegrafni kirgizadi
Sinf doskasida o’quvchi so’zlarni yozib, rasmlarni, jadvallarni ko’rsatish mumkin.
Flenagrafni 30x40 santimetrli yoki qumli qog’ozni tarang tortib mustahkamlab tayyorlash
mumkin. O’quvchi unga turli rasmlarni vaqtincha yopishtirib turishigava nutq vaziyatlarini hosil
qilishga yordam beradi.
Magnit doska (a magnit board) orqali o’qituvchi turli rasmlarni, so’zlarni, yoki
maqollarni, kartochkalarni o’quvchilarga ko’rsatib, darsni tashkil qilishi mumkin. O’qituvchi
30x40 santimetrli fanerga tunika yopishtirib uni tayyorlashi va asosiy doskaning bir chetiga osib
qo’yishi mumkin. So’ng ko’rgazmalarni kichik bir magnit orqali vaqtincha unga yopishtirib
qo’yib, dars jarayonida foydaliniladi. Mexanik vositalarga magnitafonli radio (a dromophone or
record player) diafilm ko’rsatuvchi proyektorlarni (projektor),
televizor, radio jihozlarini,
o’qitish mashinalarini (teaching machine), til labaratoriyalarini kirgizadi.
Uning fikricha Magnitafon, radiodan inglizcha so’zlarning talaffuzini, matnning
o’qilishini, maqollarni qo’llanilishini eshittirish, o’quvchilar nutqini yozishda foydalanish
mumkin.
G.V.Rogova o’qitish vositalaridan tashqari yana o’qitish materiallarini ko’rsatadi. Ularga
o’qituvchi kitobini (a teacher’s book), o’quvchi kitobini (pipil’s book), programmalashtirilgan
dastur materiallarini (programmed materials), tinglash va ko’rsatish vositalarini kirgizadi.Ko’rish
30
materiallariga
predmetlar, kitoblar, so’zlar, gaplar yozilgan kartochkalar, jadvallar, rasmlar,
albomlar, kartalar kiradi.
Tinglash materiallariga esa ma’lumotlar, nutqlar, yozilgan plastinkalar, magnit lentalarni
flogrammalari kiradi.
M.V.Lyahovski chet tilini yordamchi vositalari deganda o’qitish maqsadini, topshirig’ini,
vazifasini unumli, foydali vaqt sarf qilib tezroq amalga oshirishga yordam beruvchi hamma
materiallarni, o’quv jarayoniga kerak bo’ladigan vositalarni, qurollarni tushunadi.
M.V.Lyahovski yoradamchi vositalarni 2 guruhga bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: