Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti



Yüklə 485,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/33
tarix13.12.2022
ölçüsü485,48 Kb.
#74470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
XULOSA………………………………………………….52-54 
FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLARRO’YHATI…………..……………………………….......55-56 
 
 
 



KIRISH 
O’zbekiston mustaqillika erishgandan buyon ko’plab yutuqlarga erishildi va davlatimiz 
har tomonlama yuksaldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu o’tgan yillar davomida ham iqtisodiy, 
ham siyosiy jihatlardan ulkan rivojlanishga muvaffaq bo’lindi. Boshqa sohalar bilan birqatorda
ta’lim tizimini yuksaltirish uchun ko’plab ishlar amalga oshirildi. Shulardan krill yozuvidan lotin 
yozuviga o’tildi va eski o’n bir yillik ta’lim tizimidan yangi to’qqiz yillik maktab va uch yillik 
o’rta ta’lim yo’lga qo’yildi.Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora 
tadbirlari to’grisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori shu paytgacha ta’lim yo’lida 
qilingan ishlarni davomi sifatida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi desak also mubolag’a 
bo’lmaydi. Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, mamlakatda O’zbekiston Respublikasining ―Ta’lim 
to’g’risida‖gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet 
tillarini o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan, o’qimishli, zamonaviy 
fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada 
integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratildi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan 
ziyod chet tillari o’qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun 
ingliz, nemis va fransuz tillari bo’yicha multimedia darsliklari, boshlangich sinflarda ingliz tilini 
o’rganish elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarda 5 mingdan ko’proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet 
tillari o’rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, ta’lim 
standartlari, o’quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg’or axborot va media-
texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to’liq javob bermayapti. Ta’lim asosan 
an’anaviy uslubda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz 
o’rganishni tashkil qilish, shuningdek, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy 
o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Zamonaviy 
pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or 
uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda 
erkin so’zlasha oladigan mutahassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda uning 
negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng 
ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit 
va imkoniyatlar yaratish maqsadida:
Qarorga muvofiq, quyidagilar 2013/2014 o’quv yilidan boshlab Respublikaning barcha 
hududida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumta’lim maktablarining birinchi 
sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, 
alifbo, o’qish va grammatikani o’zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; Oliy o’quv 



yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish 
chet tillarda olib boriladi; umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining 
o’qituvchilari va o’quvchilarini chet tillar bo’yicha darsliklar va o’quv-uslubiy komplekslar bilan 
ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish, O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg’armasining aylanma 
mablag’i hisobidan bepul amalga oshiriladi.
Chet tillarini o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan 
Muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga muvofiq tartibda tashkil qilindi, O’zbekiston Davlat 
Jahon tillar universiteti uning ishchi organi etib belgilandi. 
Muvofiqlashtiruvchi kengash manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda hamda 
yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda:
2013 yilning 1-martigacha bo’lgan muddatda har bir ta’lim bosqichida chet tillarini 
bilish darajasining aniq mezonlarini nazarda tutuvchi yangi ta’lim standartlari tasdiqlanishi 
ta’minlansin; 2013 yilning 1-mayigacha bo’lgan muddatda umumta’lim maktablarining birinchi 
sinfidan boshlab chet tillar ta’limini uzuliksiz joriy etilishini, shuningdek, ta’limning barcha 
bosqichlarida uning davomiyligini nazarda tutuvchi umumta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb-
hunar va oliy o’quv yurtlarining yangi o’quv rejalari va dasturlari ta’minlanishi tasdiqlansin.
Ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va rejalari, darsliklarni ishlab chiqish, shuningdek, ta’lim 
jarayonini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy o’quv markazlarini, chet tillar bo’yicha xalqaro 
ekspertlar va mutaxassislarni jalb etsin;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda chet tillarni o’qitish tizimini tubdan qayta ko’rib 
chiqilishi va kuchaytirilishini, o’quv yakunlari bo’yicha umume’tirof etilgan testlar topshirilishi 
ta’minlanishligi aytildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va 
egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz hodimlarining soni 12 kishiga 
ko’paytirilsin va vazifani quyidagilardan iborat etib belgilaniladigan bo’ldi: Xalqaro e’tirof 
etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test 
tizimini ishlab chiqish va joriy etish; o’rganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini 
aniqlashni to’lov asosida test o’tkazish va namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni 
tashkil etish, o’rganuvchilarni mustaqil ravishda chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash 
uchun testga tayyorlanishga zarur ma’lumotlarni tayyorlash va internetga joylashtirish. 
Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun 
Markazga to’lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berildi.
Shunday tartib o’rnatilishi ko’zda tutildiki, unga muvofiq: umumta’lim maktablari, o’rta 
maxsus kasb-hunar o’quv muassasalarida chet tillar o’qituvchilariga zarur ehtiyoji bo’lgan uzoq 



tumanlar va qishloq aholi punktlarida yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining tavsiyanomalari asosida chet tillar o’qituvchilari ixtisosligiga oliy ta’lim 
muassasalariga maqsadli qabulni amalga oshirishga ruhsat etiladi; maqsadli qabul asosida oliy 
ta’lim muassasasiga o’qishga qabul qilingan shaxslar, o’qishni bitirgandan so’ng, o’zlari 
yashaydigan joylarda joylashgan va mahalliy davlat hokimyati organlari tavsiyanomalarida 
ko’rsatilgan ta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo’lmagan muddatda olingan mutaxassisliklari 
bo’yicha ishlab berishlari shart. 
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va 
Moliya vazirligining chet tillar o’qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan 
rag’batlantiruvchi to’lovlar va q’shimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga 
kiritilgan holda qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning ta’rif stavkalariga 30 
foiz va boshqa ta’lim muassasalariga 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qo’shimchalar 
qo’shib berishni belgilash to’g’risidagi taklifi qabul qilindi va bu aytish mumkinki tilga bo’lgan 
e’tiborning yuqori darajasidir.
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 
o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti 
va budjetdan tashqari jamg’armalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar 
va xayriyachilar mablag’lari ko’zda tutilgan holda, 2013-2016 yillarda ta’lim muassasalari 
xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-komunikatsiya va o’qitishning texnik vositalari va 
anjomlari bilan jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda O’zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uni Vazirlar 
Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiriladigan bo’ldi va bular shuni anglatadiki, tilga yurtimizda 
davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. 
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat aloqa, axborotlashtirish va 
telekomunikatsiya texnologiyalari qo’mitasi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda 
O’zbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini 
inobatga olgan holda, quyidagilar ta’minlansin:
Televideniya, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va o’smirlarni xorijiy 
tillarga o’rgatish bo’yicha ko’rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa 
xalqlarning tarihi va madaniyati, jahon ilmi va tehnikasiga bag’ishlangan ilmiy-ommabop, 
xorijiy - badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o’zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam 
ko’rsatib borishni amalga oshirish; ―ZiyoNet‖ tarmog’i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro 
ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini 
multimedia resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, 
shuningdek, ingliz tilida o’quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan 



gazetalar va jurnallarni chop etish, ularni maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilinishi, 
aytish mumkinki, juda katta yangilik bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgarish va qo’shimchalar 
haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek, idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli 
o’zgarishlar kiritilsin. Chet tillarini nafaqat uzluksiz ta`limning barcha bosqichlarida, bog`cha, 
maktab, akademik litsey, kasb – hunar kollejlari, oliy ta`lim muassasalarida, balki xalq 
xo`jaligining barcha sohalarida mehnat qilayotgan turli yosh, turli kasb egalari ham o`rganishi 
davlat ahamiyatiga molik masala darajasiga ko`tarildi. 
Shu kunning talabi dunyo hamjamiyati bilan muntazam aloqada bo`lishdir. Chunki dunyo 
fani, texnikasi, iqtisodiyotida erishilayotgan muvaffaqqiyatlar nafaqat bir mamlakat yoki xalq, 
balki butun dunyo xalqlarining ilmiy va texnikaviy mulkiga aylanib qolmoqda. Bugun ana 
shulardan boxabar bo`lish, mamlakat porloq kelajagi, xalq manfaatlari, taraqqiyoti yo`lida 
unumli foydalanish O`zbekiston rivojiga rivoj qo`shadi, uning salohiyatini oshiradi.
Buning uchun, albatta, muloqot zarur. U esa til vositasida amalga oshadi. Bu borada 
tarjima ishlari alohida ahamiyat kasb etadi, tildan – tilga tarjima jarayonini amalga oshirish 
uchun tarjimon mutaxassislardan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Avvalom bor, tarjimon, 
muloqot yoki tarjima bilan shug`ullanuvchi ma`lum kasb egasi asl va tarjima tillari strukturasiga 
oid zarur bilimlarga ega bo`lish zarur. Bundan tashqari tarjimon u yoki bu mamlakat, xalq tarixi, 
urf – odatlari, qadriyatlari yoki xalq xo`jaligining ma`lum sohasiga oid bilimlarga ham ega 
bo`lishi kerak deb o`ylaymiz.
Hozirda tarjimon mutaxassislar tayyorlash asosan O`zbekiston Davlat jahon tillari 
universiteti, O`zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi 
ta`lim muassasalarida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari tarjimonlik ko`nikma va malakalari 
bo`lg`usi chet tillari bo`yicha pedagoglarda ham topshirishga e`tibor berilmoqda. Chet tillari 
bo`yicha O`qituvchilar tayyorlash ta`lim yo`nalishlari o`quv rejalariga ―Tarjima nazariyasi va 
amaliyoti‖, ―Izchil va sinxron tarjima‖ fanlarining kiritilishi ham bejiz emas. 
Bitiruv malakaviy ish mavzusi: ―Ingliz va O’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy 
tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish muammolari‖ , u ingliz va o`zbek tillarida birdek 
tarqalgan qo’shma gaplar haqida bo’lib, tarjima va o’qitish masalalarini tadbiq etishga 
bag`ishlanadi.
Bitiruv malakaviy ishning dozarbligi. Izlanishning mavzusi qo’shma gaplar hajmi 
qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda o’qitish muammolari bo’lib, bu mavzu ikki til 
doirasida ham keng yoritilgan. Biroq qo’shma gaplar hajmining Ingliz va O’zbek tilida qiyoslab 



o’rganilmaganligi va tarjimadagi ayrim qiyinchiliklarning mavjudligi qo’shma gaplarning mana 
shu jihatlariga e’tibor berishimizni talab etadi. 
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi ingliz tilida mavjud qo’shma gaplarniva ularning 
hajmini qiyosiy o’rganish, izlanish jarayonida mavjud qiyinchiliklarni, o’xshash va noo’xshash 
jihatlarini, muammoli joylarni topishdan va ularni o’qitish bo’yicha uslubiy tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat. 
BMIning maqsadlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda 
tutiladi: 

ingliz va o`zbek tillarida qo’shma gaplar bo`yicha turli nazariyalarni o`rganish va tahlil etish; 

qo’shma gaplarga oid tasnif va tavsiflarni qiyosiy o`rganish; 

qo’shma gaplarni hosil qilishda ishtirok etuvchi vositalarning tillararo o`xshash va no`xshash 
jihatlarini aniqlash; 

barchaqo’shma gap turlarini tillararo farqli jihatlarni til o`qitish jarayonida hisobga olish, tarjima 
va o`qitishning samarali texnologiyalarini, uslubiy tavsiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga 
tadbiq etish. 
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Izlanishning predmeti ingliz va o’zbek tillarida qo’shma 
gaplar hajmining qiyosiy tahlili hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishning ob`ekti. Izlanishning ob’ekti bo’lib ingliz va o’zbek tillaridagi 
qo’shma gaplar hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishning metodlari. Izlanish davomida transformatsion, qiyosiy, 
oppositive, distributive, statistik kabi metodlardan foydalanildi. 
Bitiruv malakaviy ishning materiali sifatida Grammatik adabiyotlardan, darsliklardan va 
turli qo’llanmalardandan foydalanib, mavzuga doir misollar olindi. Bu misollar keng qamrovli 
misollar va materiallar sifatida xizmat qildi, kerakli ma’lumot bilan ta’minladi. 
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi
Izlanish 
nazariy 
va 
umumiy 
metodologik 
asosini 
O`zbekiston 
Respubliksi 
I.A.Karimovning asarlari, ―Ta`lim to`g`risida‖ gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ 
orqali belgilangan vazifalar hamda fan va texnikani rivojlantirishga doir me`yoriy hujjatlar 
tashkill etadi. Shuningdek, ishda .S.Barxudarov, I.I.Meshchaninov, M.Y.Blokh, K.N.Kachalova, 
V.l.Kaushanskaya, G’Abdurahmonov, O`.Q. Yusupov, G` M. Hoshimov kabi olimlarimiz 
tomonidan bildirilgan ilmiy mushohadalar, lingvistik qarashlarga asoslanildi. 
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi shu bilan belgilanganki, Ingliz va O’zbek tillarida 
qo’shma gaplar hajmining qiyosiy tahlili u darajada chuqur va rejimga solib o’rganilmagan. Biz 
bu ishda kerakli vositalarni bir tizimga solishga harakat qildik.



Izlanishning ilmiyahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishda ingliz va o’zbek tillaridagi 
qo’shma gap turlarining xususiyatlari tipologik jihatdan tahlil qilindi. Ayni paytda qo’shma 
gaplarning struktural, semantik, funksional va kommunikativ-pragmatik jihatlari o’rganildi. 
Shuningdek, ushbu mavzuning qiyosiy tipologik tomondan tadqiq qilinishi mazkur izlanishning 
nazariy ahamiyatini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishning amaliyahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishning ahamiyati 
shundaki, qo’shma gaplarni lingvistik metodlar asosida tahlil qilish natijalaridan o'quvchilarga 
nazariy va amaliy grammatika fanlarini o’qitishda, qiyosiy tipologiya kabi fanlarda, o'quv va 
metodik qo'llanmalar, darsliklar yaratishda samarali foydalanish mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchbob

Yüklə 485,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin