10
Qo’shma gaplar va ularga ta’riflar ko’plab olimlar tomonidan ancha yillardan beri talqin qilib
kelinayotgan bo’lsada, hozirgi kunda ham bu masala muhokamali mavzulardan biri bo’lib
qolmoqda.
XIX asrning o’rtalarida gaplar tuzilishiga ko’ra tasniflangan
va ular murakkab gaplarni
tashkil etgan bo’laklar ―Clause‖ lar ega va kesimdan iborat ekanligini ko’rsatganlar. Bu
masala bilan HUZ, FRUZ kabi olimlar ham shug’ullanganlar.
Bizga ma’lumki, bizgacha qo’shma gaplar har ikki tilda ham mukammal o’rganilgan. Qo’shma
gaplarni ko’plab olimlar o’rganib, bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar,
bog’lovchisiz qo’shma gaplar kabi turlarga ajratganlar. Rus olimi Kaushanskaya bog’langan
qo’shma gapni quyidagicha ta’riflagan:‖ A Compound sentence is a
sentence which consists of
two or more clauses coordinated each other.‖
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo’lgan gaplar gaplar qo’shma
gaplar deyiladi. Sodda gaplarda monopredikativ munosabat mavjud bo’lsa, qo’shma gaplarda
esa polipredikativ munosabatlar mavjud. Ya’ni G.G. Pocheptsovning
ta’kidlashicha, ―Sodda gaplarda monopredikativlik, qo’shma gap tarkibida esa polipredikativlik
xususiyatlari namoyon bo’ladi‖.
Qo’shma gap qismlarining ikki xil birikish usullari mavjud:
A) Parataksis (parataxis)
B) Gipotaksis (hypotaxis)
Parataksis – grekcha so’z bo’lib,bog’lanish,qator tizish degan ma’noni ifodalaydi.
Bunday
qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qismlar
tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi, ularning semantik va grammatik o’zaro
munosabati , ayrim leksik tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi,
ularning
semantik va grammatik o’zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo’llanilishi,
gaplarning
intonatsiyasi kabi omillar asosiy rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: