9
Til insonlar orasidagi aloqa vositasi bo’lib, u yordamida kishilar o’z fikrini, maqsad, his-
hayajonlarini ifodalaydilar, muloqot va munosabatga kirishadilar. Fikr turlicha ifodalanadi:
sodda yoki qo’shma gaplar, murakkab qo’shma gaplar orqali, darak, so’roq, buyruq,
undov
gaplar vositasi bilan ikki yoki bir sostavli gaplar yordamida,to’liq yohud to’liqsiz gaplar orqali
ifodalinishi mumkin. Bu shakllarning turi fikrning hususiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra
belgilanadi. Ammo gap qanday shaklda bo’lmasin unda kishining ma’lum maqsadi ifodalanadi.
Bundan xatto undov yoki so’roq gaplar ham mustasno emas.Binobarin til ham o’z navbatida
fikrga, ongga ta’sir etadi, uni shakllantiradi,
kengaytiradi, chuqurlashtiradi. Fikr, ong va til
o’zaro aloqada shakllanadi, namoyon bo’ladi, taraqqiy etadi.
Shulardan kelib chiqib til
birliklarining asosi bo’lgan gap haqida o’z fikrlarimizni bayon etmoqchimiz.
Gap haqida gapirar ekanmiz, avvalo uning ta’rifiga to’xtashimiz joizdir.Gap nisbiy fikr tugashiga
va predikativlikning mavjud bo’lishi hamda u Grammatik jihatdan ma’lum
qonun va qoidalar
asosida shakllanishi, o’ziga hos ohangga ega bo’lishi shart. Gapning bu hususiyatlari ko’pchilik
tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda namoyon bo’lishi, ahamiyati, o’rni
turlichadir. Har bir gap ma’lum maqsad va fikrni yoki his-hayajonni ifodalaydi, aks holda gap
emas, so’z birikmasi bo’lib qoladi.
Gap bo’lishi uchun, albatta,
egasi bilan shaxsda, sonda moslashgan fe’l bo’lishi shart
emas.Ma’lum maqsad fikr ifodalangan, predikativ munosabati mavjud bo’lgan qurilmalar hatto
ayrim so’zlar ham gap sanaladi.
Spring! Bahor!
Birds! Qushlar!
Gap Grammatik jihatdan tuzilishiga ko’ra o’ziga xos bir qurilmani tashkil etadi. Ingliz va o’zbek
tillarida gaplarni quyidagi guruhlarga ajratamiz.
Simple sentence sodda gap
Complex sentence ergash gapli qo’shma gap
Compound sentence bog’langan qo’shma gap
Composite sentence qo’shma gap
Dostları ilə paylaş: