Ildiz oziq bersa, novda ko`karar.
Ergash gapli qo’shma gaplar bosh gap va ergash gapdan tashkil topadi. Boshqa gapni o’ziga tobe
qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap
deyiladi: Ukam kelsa, mashg’ulotni boshlaymiz. Bu gapda Ukam kelsa gapi ergash gap,
mashg’ulotni boshlaymiz gapi esabosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror
bo’lagini izohlaydi. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi:
Biz, hamma yig’ilgach, yo’lga tushamiz.
Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan.
Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go’yo(ki), kabi
ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek,
yuklama, ko’makchilar, turli vazifadagi ko’rsatish olmoshlari, kim, -u, qanday – shunday,
qancha – shuncha, qaysi – o’sha, qayerda – u yerda kabi bir–biriga ishora ma’nosini bildiradigan
so’roq olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari yordamida bog’lanadi.
Ergashgan qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ergashtiruvchi bog`lovchili ergash gapli qo`shma gaplar qismlari o`zaro sabab,
maqsad, qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchilari orqali bog`langanda, bu bog`lovchilar bosh
gapdan keyin kelgan ergash gap boshida keladi:
Gulsum opa hammadan ko`ra bu odamning mana shunday kishi ko`nglini
ovlamoqchi bo`lishidan qo`rqardi, chunki buning tagida hamisha bir yomon gap, bir sovuq
xabar yotardi.
(U.Nazarov. CHayon yili,7-b)
2.Ko`makchili qurilmalar vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar
qismlari bosh gap tarkibida keladigan shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli kabi
qurilmalari orqali bog`lanadi:
Zinnatullining ishi shoshqich emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi.
Dostları ilə paylaş: |