Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Ingliz tilida qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjimasi masalalari



Yüklə 485,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/33
tarix13.12.2022
ölçüsü485,48 Kb.
#74470
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
 
2.2. Ingliz tilida qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjimasi masalalari. 
 
Tarjima—bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi 
sanaladi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim ko’rinishi. Asliyat va qayta tiklangan 
matn hususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani 
aks ettirish tarziga ko’ra tafsir, tadbil, sharh kabi ko’rinishlarga ham ega bo’lishi 
mumkin.Tarjima qadimiy davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasida o’zaro aloqa, muloqot 
ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu og’zaki turi hozirda ham saqlangan.
Tarjimaning xillari: 
1.Bir tildan ikkinchisiga qardosh yoki qardosh bo’lmagan tilga tarjima qilish. 
2.Adabiy tildan uning biron shevasiga va biron shevadan adabiy tilga yohud bir tilning 
shevasidan boshqa adabiy tilga tarjima qilish. 


24 
3. Qadimiy davr tilidan o’sha tilning hozirgi zamonaviy holatiga tarjima qilish (masalan, 
qadimgi o’zbek tilidan hozirgi o’zbekchaga tabdil etish) 
Asl nusxada ifodalangan fikr bo’lak tilda ham xuddi aslidagiday to’la, aniq va ta’sirchan 
bo’lishi lozim. Bundan tashqari tarjima o’sha asr o’girilgan tilning me’yoriga mos, muvofiq 
bo’lishi lozim.Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat 
ijodiy jarayon, so’z san’ati ekanligidir. 
Zamonlar osha tarjimaga bo’lgan talablar yangilana boradi, ammo uning ijodiy xarakteri, qayta 
yaratish sa’nati ekanligi o’zgarmaydi.Tarjimani qo’llash va uningtaraqqiyoti har bir xalqning 
ma’rifiy darajasiga bog’liq va o’z navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali ta’sir 
etadi. ―Tarjima‖ termini bir tildagi matnni ikkinchi tilga o’girish jarayonining, shuningdek tayyor 
tarjima asarini anglatadi. 
Hozirgi davrda har bir taraqqiy etgan xalqda jahondagi yuzlab xalqlar tilidan o’z ona tiliga ilm-
fan va madaniyatning o’nlab sohalariga oid materiallarini tarjima qilinadi. Tarjima nusxa 
ko’chirish emas, tarjimaning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi. 
Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat 
matnni til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqe’likni muallif 
darajasida puxta bilishi shart.Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida tarjimachilikning ta’siri 
katta bo’ladi. Zero tarjima adabiyot tarihi bilan tengdosh. 
O’zbek tarjimashunosligi ham qadimiydir. O’zbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm 
sifatida o’tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. O’zbek tarjimashunosligida asosan adabiy 
yo’nalishi taraqqiy etgan. Tarjimaning insoniy jihatlari keyinroq o’zbek tiliga ko’pgina xorijiy 
tillardan bevosita o’girishga yo’l ochilgandan so’ng rivojlana boshladi. 
Tarjima xoh u yozma bo’lsin, xoh og’zaki bo’lsin, u millatlar va xalqlar o’rtasidagi 
muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Har qanday tarjimaning asosiy vazifasi asl tilda so’zlovchi 
yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan komunikativ maqsadni o’zga tarjima tilida to’la va aniq 
ifoda etilishidan iborat. Tarjimaning aniq va mukammal bo’lishida tilning grammatik qurulishi, 
unga muofiq til birliklarning mavjud ekanligi yoki emasligi, tilning ob’ektiv borliqni ifoda eta 
olish imkoniyatlarining miqyosi bir xil ekanligi yohud bir xil emasligi kabi omillar qatorida 
tarjimaning mahorati katta ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda, tarjimon nafaqat asliyat tarjima tillarning Grammatik qurilishi, leksik 
boyligini, balki o’sha tillarda gapiruvchi xalqlar tarihi, urf-odatlari, an’anasi haqida bilimlarga 
ega bo’lishi lozim.Til birliklarining funksional jihatlari haqida ham mukammal bilimlarga ega 
bo’lishi kerak.
Tarjima jarayonining oson yoki qarindosh yoki qarindosh emasligi, tipologik jihatdan bir 
yoki boshqa –boshqa til tizimlariga mansubligi ham katta ro’l o’ynaydi. 


25 
Analitik qurulishga ega bo’lgan, ingliz, fransuz, ispan kabi tillarning grammatikasi va 
Grammatik qurulishi o’xshash tomonlarining ko’pligi tarjima jarayonini osonlashtirsa, 
agglyutinativ tillarga mansub hozirgi zamon o’zbek tilida va analitik qurilishga ega bo’lgan 
hozirgi zamon ingliz tili asosida amalga oshiriladigan tarjimalarda bu jarayon qiyinroq kechishi 
mumkin. Hozirgi kunda tarjima jarayonining miqyosi ancha kengaydi. Leksik tarjimon o’z 
faoliyatida barcha sohalarni qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Shu bois, tarjima to’laqonli, 
aniq va tabiiy chiqishida ixtisoslashuvning ahamiyati beqiyos ekan. Bu borada tarjimon ko’zda 
tutilgan malakaviy amaliyot borasida ham ancha-muncha islohotlarni amalga oshirish lozim deb 
o’ylayman. Amliyot jarayonining 3 bosqichga bo’linishi maqsadga muofiq bo’ladi: 

Yüklə 485,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin