1. An’anaviy (texnik bo’lmagan)
2. Zamonaviy texnik vositalarga ajratadi
Biz darsda tehnik vositalarni qo’llaganimizda sun’iy ingliz tili muhitini yaratishimiz,
ingliz tilining o’zini ko’rgazmali qilib ko’rsatishimiz, tinglab tushunishni o’rgatishimiz, hamda
o’quv jarayonini faollashtirishimiz, jolantirishimiz, qiziqtirishni tashkil qilishimiz mumkin.
O’quv yurtlarida chet tilini o’rgatishda, chet tili dasturi muhim o’rin tutadi.Hozir o’zbek
va rus tili o’qitiladigan maktablar uchun dasturlar alohida-alohida ishlab chiqilgan, nashr
qilingan.Dastur tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar, chet tilini o’qitishda o’quvchining
fikrlarini, xotirasini, estetik qarorlarini, mustaqil qiziqishini, o’zini-o’zi tarbiyalashni
rivojlantiruvchi maqsadlar bilan xarakterlanadi.
Ingliz tili o’qitishdagi amaliy, ta’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar va nutq
malakalariga qo’yiladigan talablar majmui ta’lim-tarbiya jarayonining barcha shakllari hamda
turlarida, ayniqsa dars va darsdantashqari mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.
Biz mana shu metod va usullardan foydalangan holda ―ingliz va o’zbek tillarida qo’shma
gaplar‖ mavzusini o’quv jarayoniga olib kirish va o’qitishda uchraydigan moummolarga
to’xtalamiz.
1.O’qituvchi darsga mavzuni olib kirishdan avval,o’zi darsga puxta tayyorlangan bo’lishi
maqsadga muvofiq. Shundagina o’quvchilarga ko’zlangan maqsadli ma’lumotni berishi mumkin.
2.Avval boshida o’qituvchi o’zbek tilidagi qo’shma gaplar to’g’risida o’zbek tilida
qisqacha ma’lumot berib o’tishi kerak.
U dilidagi barcha gaplarni to’kib soldi va xonadan chiqib ketdi. Oynisa nimadir demoqchi bo’ldi,lekin o’zida jur’at topa olmadi Maqsadimiz shuki, bu voqeadan hech kim aziyat chekmasin. Gapning po’st kallasi shundaki, u hech kimga kerak emas.