23
usul
vositalarini
mukammal
egallaydi, shu bilan birga oz’-o‘zini
anglaydi, shu sohada kamol topadi. O‘qituvchi kimni o‘stirsa, tarbiyalasa
o‘zi ham o‘sadi, ulg‘ayadi, donishmandlik kasb eta oladi.
Yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maqsad nima, uning
afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish
tamoyillari nimalardan
iborat degan savolga quyidagicha hosilalar asosida javob berish mumkin.
1. Yangi pedagogik texnologiya eng qulay va sodda usul.
2. Mustaqil fikrlashni o‘rgatadi.
3. Ko‘p tarmoqli.
4. Sodda oson.
5. Esda qolishi kuchli
6. Bilim boyligini oshiradi.
7. Vaqtdan yutamiz.
8. Qiziqarli o‘tadi.
9. Darsning samaradorligini oshiradi.
10. Dunyoqarashni shakllantiradi.
11. Tafakkurni rivojlantiradi.
12. O‘quvchilarning diqqat-e’tiborini tortadi.
13. Har bir o‘quvchi bilan individual munosabat paydo bo‘ladi.
14. Xotirani kuchaytiradi.
15. Izlanishga chorlaydi.
16. O‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga da’vat etadi.
Yangi pedagogik texnologiya asosida darsni tashkil etish qadimgi
Sharqona tarbiya tamoyilaridan butunlay voz kechish degan gap emas.
Yangi pedagogik texnologiya g‘arb ta’lim jarayoning eng ilg‘or
tamoyillari bo‘lsada,Sharqona an’analar,
pandnoma didaktik ruhida
tarbiyani kuchaytirishi hamma vaqt milliy tarbiyamizning asosini tashkil
etadi.