Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

ifodalarni o‘tish.

 
Xulosa 
 



 
 
 
KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. Eng avvalo til o‘zining ijtimoiy mohiyatida 
ko‘zga tashlanadi. Til vositasida, aniqrog‘i milliy tilning ravnaq darajasi 
boyligi rang - barangligi, imkoniyatlari orqali millatning tafakkur 
darajasi, millat fikrining miqyoslari aniqlanadi, uning ijtimoiy faollik 
belgilari ma’naviy salohiyatida namoyon bo‘ladi. Shu bois til- millatning 
ruhini ifoda etadi, til millatning tiriklik belgisidir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo

q
” 
asarida ham tilimizga tilimizning milliyligiga e’tibor berib shunday deydi, 
“Xalqimizdagi iligi to‘q, baquvvat degan tushunchani men hatto qonuniyat 
degan bo‘lar edim, bu bejiz paydo bo‘lmagan. Yana tilimizda “tagli-tugli”, 
“palagi toza” degan iboralar ham bor. Bu bir-joyda muqim yashagan, o‘z 
turmush tarziga ega bo‘lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi”. 
“Tilimizning milliyligini, berijimligini ta’minlovchi vositalardan biri 
iboralar bo‘lib voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘z o‘ngida 
aniq va to‘la gavdalantirishda iboralarning o‘rni ahamiyati beqiyosdir. 
Iboralar umuman olganda hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish 
jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat holatlarni baholash turmush 
tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga 
xos obrazli ifodalaridir”
1

Shuning uchun ham iboralar, tilshunos A. Mamatov ta’kidlaganidek
“u yoki bu xalqning, yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tizimi, tarixi,
madaniyati, hayot tarzi, og‘zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani 
urf-odati, dini kabilar bilan bog‘lanadi”. 
1
M.Yo’ldoshov: “Cho’lponning xalq iboralaridan foydalanish mahorati”, “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali
1999 yil 6-son 59-bet



Ona tili darslarida xususan iboralarni o‘tish va ularni nutq 
jarayonida qo‘llash uzviylashtirilgan ta’lim dasturida ham o‘z ifodasini 
topgan ya’ni dars tuzulishi mavzularni detallashtirilgan holda 
o‘quvchilarga yetkazish o‘z ifodasini topgan. 
Yuqorida ta’kidlaganidek iboralar xalqning barqarorligi o‘ziga xos, 
turmush tarziga egalik belgisi hisoblanadi. 
Xuddi shuningdek tasviriy vositalar ham xalq yaratgan ifodalardir. 
Ular (iboralar va tasviriy ifodalar) ni o‘quvchilar ongiga yatkazdirish, 
singdirish o‘z nutqlarida qo‘llay olish darajasiga yetkazdirish, ona tili, 
darslari va o‘qituvchilarining zimmasidagi buyuk vazifa sanaladi. Ayni 
paytda bu mavzuning dolzarbligi hamdir.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin