9
1-BOB. SHAXS OTLARI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN IBORALAR
VA TASVIRIY IFODALARNI O‘TISH
Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birliklarini o‘rganuvchi
sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi:
1. tildagi frazeologik birliklarning jami ma’nosida va
2. shunday birliklarni o‘rganuvchi soha (fan) ma’nosida.
Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no
ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: qo‘y
og‘zidan cho‘p olmagan, og‘zi qulog‘ida, yuragiga ko‘ngliga qil
sig‘maydi, do‘ppisi
yarimta ikki gapning birida, sirkasi suv ko‘tarmaydi
kabilar.
Demak, leksikologiya tilning luga
‘
t sostavini (leksikasini) frazeologiya esa
frazeologik birliklar sostavini o‘rganadi. Lug‘at sostavida til birligi so‘z
bo‘lsa, frazeologiya sostavida frazeologizm til birligidir.
Tilning lug‘at boyligi leksikasi va frazeologiyadan iboratdir. So‘z ham,
frazeologizm ham lug‘aviy birliklar hisoblanadi.
Frazeologizmlar birdan ortiq so‘zdan tashkil topishi bilan so‘z
birikmasi yoki gap tipida bo‘lsa-da, lekin ular nutq birligi bo‘lgan bu
birliklardan tamoman farqlanadi, va lug‘aviy birlik sifatida ko‘p jihatdan
so‘zlarga yaqin turadi, so‘zlarga xos bo‘lgan juda ko‘p
xususiyatlar
frazeologizmlarga ham xosdir.
Frazeologizmlar so‘z birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida
hosil bo‘lmaydi, balki ular xuddi so‘zlar kabi tilda tayyor holda mavjud
bo‘ladi. Demak, frazeologizmlar til hodisasi hisoblanadi: aravani, quruq
olib qochmoq, kovushini to‘g‘rilab qo‘ymoq, sichqonning ini
ming tanga,
tomdan tarasha tushganday, nog‘orasiga o‘ynamoq, kapalagi uchib ketdi
kabilar tilda tayyor holdagi lug‘aviy birliklardir.
10
Frazeologizmlar ham xuddi so‘zlar kabi shakl va ma’no
butunligiga ega. So‘zning shakliy tomonini tovushlar hosil etsa
frazeologizmlar shakliy tomonini so‘zlar hosil etadi:
yoqlamoq-yon
bosmoq, rahmdil-ko‘ngli bo‘sh kabi.
Fazeologik ma’no. Tilda ham shakl va ma’no bor. Tilda shakl deb
odatda tilning materiyasi-tovush ko‘zda tutiladi. Buni tilning
ifoda plani
deb yuritiladi. Ular (tovushlar) birikib tilning asosiy birliklaridan bo‘lgan
so‘zni hosil qiladi. So‘z anglatgan ma’no til birligining mazmun plani deb
yuritiladi. Bunday ma’no tilda (til bosqichida) berkitilgan bo‘ladi; nutq
shuni qalqitib beradi.
Ma’lum shaklga ma’lum bir ma’noning berkitilishi affekslarga ham
xos. Masalan: boradi so‘zi tarkibidagi affeksiga 3-shaxs ma’nosi, -a
affeksiga “hozirgi-kelasi zamon” ma’nosi berkitilgan. Bunday
affekslarning ma’nosiga grammatik ma’no deyiladi.
Iboralar ham ifoda planiga va mazmun planiga ega.
Sodda
morfemada uning ifoda plani deb tovush tizimi ko‘rsatilsa, murakkab
(qo‘shma) morfemada uni tashkil toptirgan morfemalar ko‘zda tutiladi. (-
chi-lik—chi-+lik kabi). Shuningdek, tub leksemada uning tarkibidagi
leksema va morfemalar ko‘zda tutiladi. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin
uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga
xos ma’nolarining oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no
tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan mahraj ma’no,
ustama
ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning
ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin: iboraning ma’nosi tarkibidagi
leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmasligi shular ustiga
qurilgan yangi bir ma’no bo‘lishi sababli, iboralarda go‘yo ifoda plani
bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo‘ladi. Xususiy
(qismlarga xos) ma’nolar umumiy (iboradan anglashiladigan) ma’noni
11
to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlab turmaydi, shu sababli iboralarda ifoda plani
bilan mazmun plani orasidagi bog‘lanish shartlilik kashf etadi. Bu
(shartlilik) yerda bittadan ortiq so‘z yahlitligicha ma’lum bir obraz asosida
ko‘chirish yo‘li bilan simantik taraqqiyotni boshdab kechiradi. Ma’lum
obraz asosida yuzaga kelgan ana shunday ustama ko‘chma ma’noga
frazeologik ma’no deyiladi. Masalan: til tekkizmoq iborasi “sha’niga
nomunosib, nohaq gap aytmoq” ma’nosini anglatadi. Bu ma’no to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosidan kelib chiqmaydi.
Masalan:
batareyaga til tekkizsam, hech toki yo‘q ekan gapida erkin
birikma ishlatilgan bunday ishlatishda til va tekkizmoq so‘zlari ma’no
mustaqilligini saqlab bog‘lanadi, ma’noda tahlitlanish yuz bermaydi.
Kechagi majlisda menga ham til tekkizibdi gapi tarkibida yuqoridagi erkin
birikma emas balki, til tekkizmoq iborasidan foydanilgan. Aytilganlardan
ma’lumki, fazeologik iboralardan anglashilgan ma’no nutq sharoitiga mos
holda qo‘llanilsa, nutqning ta’sir kuchini oshiradi, shu bilan birga uning
ifodaliligini oshiradi. Ona tili darslarida buning ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: