13
iboralar tarkibida qatnashgan leksik komponentlar- ayni bir so‘zning
o‘zi, ikkinchi leksik komponentlar esa antonim so‘zlar: yurag(i) keng va
yurag(i) tor. Boshqa bir misol: ko‘ngil(i) joyiga tushdi va yurag(i)ga
g‘ulg‘ula tushdi. Bu antonim iboralar tarkibidagi leksik, komponentlarning
uchinchisi ayni bir so‘z, birinchisi o‘zaro sinonim, ikkinchisi esa o‘zaro
ma’no munosabatini hosil qilmaydi. Ko‘rinadiki, antonim iboralar
tarkibidagi antonim so‘z-komponentlari qatnashavermaydi.Antonimiya
iboradan yaxlitligicha anglashiladigan lug‘g‘aviy ma’no
asosida
belgilanadi. Antonimik iboralardagi ana shunday ma’no nozikliklarini
anglash o‘quvchi tafakkuri rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi
bunday holatlarga diqqatini qaratmog‘i lozim.
Frazeologik omoniya. Til birliklari orasida shaklan teng kelish
hodisasi omoniya-frazeologik birliklarda ham mavjud.
Frazeologik
omoniya odatda ikki ibora orasida voqe bo‘ladi: qo‘l ko‘tarmoq I va qo‘l
ko‘tarmoq II kabi. Bu yerda omoniya ibora bilan ibora orasida voqe
bo‘ladi, keltirilgan iboralar barcha
muqobil shakllarda teng keladi: qo‘l ko‘tardim qo‘l ko‘taradi kabi.
Shunga ko‘ra bu ikki iborani omonimlar deyish mumkin.
Omonik munosabatdagi iboralarning leksik tarkibi ikki xil bo‘ladi:
1. Har ikki ibora tarkibidagi bir komponent esa ayni bir so‘zning o‘zi
bo‘lad. Masalan: o‘ng kelmoq I va o‘ng kelmoq II iboralari tarkibidagi fe’l
komponentlari ayni bir so‘z bilan, ism komponentlar esa omonim so‘zlar
bilan ifodalangan: birinchi ibora tarkibidagi
ters sifatining antonimi,
ikkinchi ibora tarkibida esa tush otining antonimi qatnashgan.
2. Har ikki ibora tarkibidagi barcha komponentlar ayni shu so‘zlarning
o‘zi bo‘ladi. Bunda ikki holat bor:
a. Iboralar tarkibidagi so‘zlar har xil leksik ma’nosi bilan qatnashadi.
Masalan: dam bermoq I va dam bermoq II iboralari tarkibida fe’l
14
komponentlari
ayni
bir
leksik ma’nosi bilan, ot komponentlar esa
boshqa- boshqa leksik ma’nosi bilan qatnashgan. (dam 1 –“havo”, “yel”;
dam 2- “istirohat”)
b. Iboralar tarkibidagi so‘zlar ayni bir leksik ma’nosi bilan qatnashadi.
Bunday omonimiyani izohlashda so‘z komponentlarga suyanib bo‘lmaydi,
iboralar asosida yotgan voqelikka, shu
voqelikdan olingan obrazga
suyaniladi. Masalan: ichag (i) uzildi I va ichag (i) uzildi II iboralari
tarkibidagi so‘z komponentlar ayni bir leksik ma’nosi bilan qatnashgan,
ammo bu iboralar asosida boshqa-boshqa obraz yotadi:
birinchi iborada
qattiq va uzluksiz kulganda ichaklar silkina-silkina uzilib ketgudek
bo‘lishidan, ikkinchi iborada esa uzoq muddat ovqatlanmaslik natijasida
ichaklarning torayib,
ingichkalashib, uzilish darajasiga yetishidan obraz
olingan.
Dostları ilə paylaş: