Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish


Bituruv malakaviy ishining maqsad-vazifalari



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

 
Bituruv malakaviy ishining maqsad-vazifalari. Bituruv malakaviy 
ishimizning asosiy maqsadi o‘quvchilar nutqida iboralar va tasviriy 
vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish, ona tili darslarida 
iboralar va tasviriy vositalarni boshqa mavzular bilan birgalikda o‘tish 
metodlarini ishlab chiqish va tavsiya qilish. 
Bitiruv malakaviy ishining turdosh otlar mavzusi bilan birgalikda 
ibora va tasviriy ifodalarni o‘tishga doir ko‘rgazmali qurollar tavsiya 
qilishdan iborat masalan: tasviriy vositalar aks etgan suratlar, testlar, 
o‘yin, topshiriqlarni qanday bajarish yo‘llari, hamda ushbu ko‘rgazmali 
qurollar va o‘yin topshiriqlarni asoslash, ularni izohlash ishimizning 
asosiy vazifalaridan sanaladi.
Ona tili darslariga iboralar va tasviriy vositalarni olib kirishning 
vasifasi o‘quvchilar maktab darsliklaridan tashqari mustaqil tarzda badiiy 
asarlar o‘qiydilar, tabiiyki badiiy asarlarda qahramon nutqini jozibali 
qilish, ta’sir kuchini yanada oshirish maqsadida iboralar va tasviriy 
ifodalardan unumli foydalaniladi. O‘quvchilar asarni o‘qish jarayonida 
ibora va tasviriy ifodalarning ma’nolarini anglagan holda o‘zlariga xulosa 
chiqarishlarini ta’minlash bitiruv malakaviy ishining vazifasi sanaladi. 

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy 
ishida iboralar va tasviriy vositalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar nutqini 
oshirishga doir bo‘lgan bir qator masalalar tahlil qilinadi. Iboralarning 



nutq jarayonidagi o‘rni, ahamiyati kabi masalalar atroflicha yoritildi. 
Tasviriy vositalarning yuzaga kelish asoslari, ularni nutq jarayonida 
qo‘llash tasviriy vositalarning taraqqiyoti masalalari tahlil qilindi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob va qisqacha xulosadan iborat. 
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi ilmiy va ilmiy metodik 
adabiyotlar tahlili, ishning naqsad vazifalari, amaliy ahamiyati bayon 
qilingan. Asosiy boblari iboralar va tasviriy vositalarni 6 – sinfda turdosh 
otlar mavzusiga bog‘lab o‘rganish metodlari ishlab chiqildi.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tavsiya qilingan 
metod va usullarning qisqacha bayoni berildi. 
Bitiruv malakaviy ishi o‘rta maktab o‘qituvchilari, o‘zbek tili va 
adabiyoti fakulteti bitiruvchilari, metodika bilan qiziqqan mutaxassislarga 
mo‘ljallanadi uning amaliy ahamiyati ham shundan iborat. 
1) Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, 
maqsadi, vazifalari, ahamiyati va shu mavzuga aloqador bo‘lgan ilmiy 
metodik maqolalar tahliliga e’tibor qaratilgan va qisqacha ma’lumot 
berilgan.
2) Birinchi bob, “shaxs otlari bilan bog‘liq iboralar va tasviriy vositalarni 
o‘tish” bo‘lib shaxs otlarini o‘tish jarayonida iboralar va tasviriy 
vositalarni qo‘llash o‘quvchilarga ma’lumot berish bilan birgalikda 
mavzuga doir mashqlarni o‘tish jarayonida o‘yin topshiriqlar ishlab 
chiqildi.
3) Shaxs otlarini o‘tish jarayonida shu otlarning ikvivalenti bo‘lgan 
iboralar va tasviriy vositalarni qo‘llashni tavsiya qildik bu o‘quvchilarning
shaxs oti bilan birgalikda iboralar va tasviriy vositalar haqidagi bilimlarni 
mustahkamlashga yordam beradi va darsni qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. 
4) Ikkinchi bob ,,Narsa otlari bilan bog‘liq iboralar va tasviriy ifodalarni 
o‘tish” deb nomlangan. Ushbu bobimizda narsa otlari bilan bog‘liq ibora 



va 
tasviriy 
ifodalarga 
e’tibor qaratilgan. Narsa otlariga misol 
bo‘lgan iboralar va tasviriy vositalarni o‘quvchilarga o‘tish, tushuntirish 
uchun turli xil o‘yin topshiriq va mashqlardan foydalanildi. Mavzuni 
bunday usulda o‘tish o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi, nutqning 
rang – barangligini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchining nutq 
madaniyati takomillashib boradi. Bu borada zaruriy namuna va tavsiyalar 
berildi. 
5) Uchinchi bob, ”O‘rin joy otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va 
tasviriy vositalarni o‘tish” bo‘lib bu bobda asosiy e’tibor o‘rin – joy otlari 
bilan bog‘liq tasviriy ifodalarni o‘tishga qaratilgan. O‘quvchilar uchun 
qiziq bo‘lgan musobaqa tarzda tashkil etilgan dars turli o‘yin – 
topshiriqlar, mashqlar va test savollari shaklida tashkil etildi.
6) Bu topshiriqlarni bajarish usullari ko‘rsatildi va qator namunalar berildi. 
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib musobaqalashadilar va o‘rin – joy otlari 
bilan bog‘liq tasviriy vositalarni ham mukammal o‘rganib oladilar.
7) Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida turdosh otlar mavzusiga doir 
mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagogik texnalogiya asosida 
turli o‘yin topshiriqlarni tavsiya qildik. Bu borada turli metodik 
maqolalardan mavzuga oid bo‘lgan kitoblarda foydalandik. Bu o‘yin 
topshiriq va mashqlar shu soha xodimlariga va ushbu sohaga 
qiziquvchilalar uchun foyda keltiradi degan umiddamiz. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin