7
nutq jarayonidagi o‘rni, ahamiyati kabi masalalar atroflicha yoritildi.
Tasviriy vositalarning yuzaga kelish asoslari,
ularni nutq jarayonida
qo‘llash tasviriy vositalarning taraqqiyoti masalalari tahlil qilindi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob va qisqacha xulosadan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi ilmiy va ilmiy metodik
adabiyotlar tahlili, ishning naqsad
vazifalari,
amaliy ahamiyati bayon
qilingan. Asosiy boblari iboralar va tasviriy vositalarni 6 – sinfda turdosh
otlar mavzusiga bog‘lab o‘rganish metodlari ishlab chiqildi.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tavsiya qilingan
metod va usullarning qisqacha bayoni berildi.
Bitiruv malakaviy ishi o‘rta maktab o‘qituvchilari, o‘zbek tili va
adabiyoti fakulteti bitiruvchilari, metodika bilan qiziqqan mutaxassislarga
mo‘ljallanadi uning amaliy ahamiyati ham shundan iborat.
1) Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
maqsadi, vazifalari, ahamiyati va shu mavzuga aloqador bo‘lgan ilmiy
metodik maqolalar tahliliga e’tibor qaratilgan va qisqacha ma’lumot
berilgan.
2) Birinchi bob, “shaxs otlari bilan bog‘liq iboralar va tasviriy vositalarni
o‘tish” bo‘lib shaxs otlarini o‘tish jarayonida iboralar va tasviriy
vositalarni qo‘llash o‘quvchilarga ma’lumot berish bilan birgalikda
mavzuga doir mashqlarni o‘tish jarayonida o‘yin
topshiriqlar ishlab
chiqildi.
3) Shaxs otlarini o‘tish jarayonida shu otlarning ikvivalenti bo‘lgan
iboralar va tasviriy vositalarni qo‘llashni tavsiya qildik bu o‘quvchilarning
shaxs oti bilan birgalikda iboralar va tasviriy vositalar haqidagi bilimlarni
mustahkamlashga yordam beradi va darsni qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi.
4) Ikkinchi bob ,,Narsa otlari bilan bog‘liq iboralar va tasviriy ifodalarni
o‘tish” deb nomlangan. Ushbu bobimizda narsa otlari bilan bog‘liq ibora
8
va
tasviriy
ifodalarga
e’tibor qaratilgan. Narsa otlariga misol
bo‘lgan iboralar va tasviriy vositalarni o‘quvchilarga o‘tish,
tushuntirish
uchun turli xil o‘yin topshiriq va mashqlardan foydalanildi. Mavzuni
bunday usulda o‘tish o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi, nutqning
rang – barangligini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchining nutq
madaniyati takomillashib boradi. Bu borada zaruriy namuna va tavsiyalar
berildi.
5) Uchinchi bob, ”O‘rin joy otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va
tasviriy vositalarni o‘tish” bo‘lib bu bobda asosiy e’tibor o‘rin – joy otlari
bilan bog‘liq tasviriy ifodalarni o‘tishga qaratilgan. O‘quvchilar
uchun
qiziq bo‘lgan musobaqa tarzda tashkil etilgan dars turli o‘yin –
topshiriqlar, mashqlar va test savollari shaklida tashkil etildi.
6) Bu topshiriqlarni bajarish usullari ko‘rsatildi va qator namunalar berildi.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib musobaqalashadilar va o‘rin – joy otlari
bilan bog‘liq tasviriy vositalarni ham mukammal o‘rganib oladilar.
7) Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida turdosh otlar mavzusiga doir
mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagogik texnalogiya asosida
turli o‘yin topshiriqlarni tavsiya qildik. Bu borada turli metodik
maqolalardan mavzuga oid bo‘lgan kitoblarda foydalandik. Bu o‘yin
topshiriq va mashqlar shu soha xodimlariga va ushbu sohaga
qiziquvchilalar uchun foyda keltiradi degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: