Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

Namuna 
1 – guruh 
2 – guruh
Bir chimdim
Bir shingil
Boshiga ko‘tarmoq 
Shovqin solmoq
Boshiga yetmoq
Boshini yemoq 
Bo‘yniga olmoq
Zimmasiga olmoq
Dabdalasi chiqdi
Abjag‘i chiqdi 
Dimog‘i chog‘ bo‘ldi 
Ko‘ngli ochildi 
Yuragini hovuchlab mijja qoqmadi
Jonini hovuchlab 
Mijja qoqmadi 
Ko‘z yummadi 
Yuragi shuv etib ketdi 
Yuragi orqasiga tortib ketdi 
Esi og‘di
Aqldan ozdi 
Yoqasini ushladi
Hayratda qoldi 
Shamolga uchdi
Zoye ketdi 
Jigaridan urmoq
Yuragidan urmoq
Ignadek “ni tuyadek” qilmoq
Pashshadan fel yasamoq
Iziga tushmoq
Payiga tushmoq 
Ko‘zi yetadi
Aqli yetadi
Ko‘kragi tog‘day ko‘tarildi 
Ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi 
Qattiq ko‘ngil 
Tosh ko‘ngil 
Luqna tashlamoq
Gap qistirmoq
Bu o‘yin topshiriq o‘quvchilarning fikrlashlarini o‘z ustida ko‘proq 
ishlashini ta’minlaydi. Iboralarning ma’nodoshliligini yaxshi ajratib 
olishlariga va shu iboralarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga imkon 
beradi. 
Uyga vazifa qilib ma’lum bir asardan iboralar qatnashgan gaplarni 
topib yozib kelishni buyuramiz. 
 


31 

Namuna 
“Aya, o‘lgur so‘xti sovuq jo‘nadimi? Nazarimda hovlimiz, uyimiz 
kengayib qolganga o‘xshaydi – ya” – dedi xoxolab Tansiq (Oybek, Oltin 
vodiydan shabadalar). 
Dalada suqsurday qiz – juvonlarimiz ter to‘ksa – yu, Qo‘chqorbeklar 
tog‘ni talqon qiladigan paytida idora qorovuli bo‘lib o‘tirsa (Mirmuhsin, 
Momo). 
U dengiz haqida gapirganda, yuzlari, ko‘zlari biram g‘alati bo‘lib 
ketardiki, beixtiyor esing og‘ib qoladi (Said Ahmad Sevginga sodiqman). 
Bu topshiriq o‘quvchilarni mustaqil ravishda izlanishga, badiiy 
asarlar o‘qishga dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Badiiy 
adabiyotga havas, qiziqish tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.
Kumush choyshab–qor. Qish fasli kirib kelishi bilan ushbu fasl 
ziynati bo‘lgan qor yog‘adi. Qor yog‘ganda butun dala – tuz oppoq gilam 
(choyshab)ga. Hamma yoq xuddi kumush kabi tovlanadi, shuning uchun 
ham biz qorni kumush choyshab deymiz. 
Ma’rifat maskani–kutubxona. Biz o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan 
barcha ma’lumotlarni, badiiy asarlarni, gazeta va jurnallarni kutubxonadan 
topamiz. Kutubxona muqaddas joy, ma’rifat maskani deyilishiga sabab 
insonlar qandaydir bilimlarni kutubxonadan oladi bilimi va tafakkuri 
shakllanadi. Demak u ma’rifatli inson bo‘ladi. 
O‘rmon malikasi–archa. O‘rmon deganda ko‘z oldimizga, albatta 
archa daraxtlari keladi. O‘rmonlarni biz yam-yashil, navqiron archalarsiz 
tasavvur qila olmaymiz. O‘rmonda boshqa daraxtlar ham o‘sadi, ammo 
archaning chiroyi va ko‘rki o‘rmon malikasi bo‘lishiga asos bo‘la oladi. 
Oltin boshoq – bug‘doy. Biz bilamizki bug‘doy pishib yetilganda 
xuddi oltin singari sariq rangga kiradi. Boshoqlari oltin misol tovlanib 


32 
kishining 
ko‘zini 
quvnatadi. Bug‘doydan (b) muqaddas non 
tayyorlanadi. Shuning uchun ham oltin boshoq deb e’zozlanadi. 
Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir. Bahor va kuz fasllarida ko‘p 
yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘irni osmonning ko‘z yoshlariga o‘xshatilishi 
yomg‘ir yog‘ayotganda osmon yig‘layotgandek, g‘am – anduxda 
qolgandek taasurot qoldiradi. Sokin kechalarda tinmay yog‘gan yomg‘irga 
nisbatan ushbu tasviriy vositani qo‘llashimiz mumkin. 
Yurt boshi – Prezident. Har bir mamlakatning boshi ya’ni prezidenti 
bor. Prezident xalq orasidagi eng bilimdon, siyosatchi, iymon e’tiqodli eng 
muhimi xalqni o‘z so‘ziga ishontira oladigan, uni to‘g‘ri yo‘lga 
boshlaydigan insonlar bo‘ladi. Xalqning otasi hisoblanadi. 
Dengiz hokimi – Kit. Kit juda katta suv hayvoni hisoblanib dengiz 
va okeanlarda yashaydi. Bu tasviriy vosita biz uchun yangi, chunki kit 
bizning hududimizda yo‘q.
Bahor elchilari – qalidirg‘ochlar. Bahor kelib kunlar isiy boshlashi 
bilan issiq o‘lkalarga uchib ketgan qalidirg‘ochlar qaytadi va uylarning 
ayvonlariga peshtoqiga in qurib bola ochishadi. Qalidirg‘ochlarning uchib 
kelishi bahor kelganligidan darak beradi. 
Insonnig do‘sti – it. It eng vafodor va sodiq hayvon hisoblanadi. 
Egasini xavf xatardan himoya qilishga harakat qiladi. O‘zi yashayotgan 
xonadonni tun-u kun qo‘riqlaydi. 
O‘quvchilar xuddi shu tarzda o‘zlari yozgan tasviriy vositalarni 
izohlaydilar. Bir o‘quvchi izohlagan tasviriy vositani boshqa oquvchilar 
bir-birlarining fikrlarni tinglab so‘z boyligini hamda tasviriy vositalar 
haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlaydi. 


33 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin