Odamlar to‘planadigan joy nomlari.
1. Sayrgoh – sayr qilinadigan inshootlardan iborat bo‘lgan joy. Navoiy
bog`I o‘rnida ajoyib sayrgoh bunyod bo‘ldi.
2. Saylgoh – xalq sayllari o‘tkazilib turiladigan joy. Bog`ishamol
mehnatkashlarinig chinakam saylgohi .
3. Ziyoratgoh – Ziyorat qilinadigan muqaddas joy; qadamjo Nurota
ziyoratgohi
4. Qarorgoh – yashash joy, maskan, davlat boshliqlarining turar joyi.
Prezident qarorgohi.
-zor -loq -iston -goh -xona qo‘shimchalari orqali yasalgan o‘rin
joy otlari.
1. O‘tloq – o‘t o‘sgan, o‘t ko‘p bo‘ladigan joy. Qo‘ylarni o‘tloqda
boqmoq.
2. O‘rmonzor – o‘rmon egallagan sarh, joy. Sun’iy o‘rmonlar barpo etildi.
3. Omborxona – ombor joylashgan xona, bino. Omborxonaga qo‘ymoq.
O‘zbekiston – Markaziy osiyoda joylashgan respublika davlat.
O‘zbekiston jannatmakon yurt.
Shuni xam o‘ytish kerakki o‘rin joy oti yasovchi qo‘shimchalar
ayrim o‘rinlarda semantik tafovutga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan
o‘tloq o‘rin joy otidagi loq yasovchisi o‘rnida zor qo‘shimchasini ishlatib
35
bo‘lmaydi, chunki unda ma`no o‘zgarishi yuz beradi: o‘tloq –
umuman o‘t o‘sadigan joy, o‘tzor – o‘ti ko‘p joy. Demak – zor va – loq
offekslari
bir qarashda sinonimik hisoblansada ular simantik jihatdan boshqa boshqa
ma’noli so‘zlar yasar ekan.
O‘quvchilarga o‘rin – joy otlarini bu tarzda tushuntirish ancha samarali
usul hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar ko‘rgazmali qurolda keltirilgan o‘rin
joy otlarini esda saqlab qoladilar. Mavzuga oid bilim va malakalari oshadi.
Keltirilgan o‘rin joy otlariga misol bo‘lgan so‘zlar va ularning izohi
o‘quvchilar nutqini oshirishga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.
Ona tili darslari asosan o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini
o‘stirishga qaratilgan bo‘lib, bu ancha murakkab va mashaqqatlidir.
O‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish lug`at boyligini oshirish,
ona tili o‘qituvchilarning vazifasi va burchi hisoblanadi.
Dars jarayoni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bu
borada yaxshi samara beradi.
O‘quvchilar avvalgi mavzularda ya`ni shaxs va narsa otlari bilan
bog`liq iboralar va tasviriy vositalarni qanchalik o‘zlashtirganliklarini
bilish maqsadida dars avvalida quyidagi o‘yin topshiriq asosida bilimlarini
sinab ko‘ramiz.
Sinf o‘quvchilarini “Oq oltin” “Dala malikasi” “Kumush to‘la”
“Oltin boshoq” nomli guruhlarga bo‘lamiz. Bu guruhlar vazifalarni
bajarish jarayonida bir birlari bilan musobaqalashishlari lozim. Darsni
“Aqliy hujum” ya’ni Iboralar sabog`i, deb nomlangan musobaqadan
boshlaymiz. Bunda bir guruh iboraning birinchi qismini aytsa, ikkinchi
guruh uning davomini topishi kerak bo‘ladi. Musobaqa quyidagcha o‘tadi:
1. “Oq oltin” guruhi: Bir qulog`idan kirib,
“Dala malikasi” guruhi: ikkinchi qulog`idan chiqmoq.
36
2. “Kumush tola” guruhi: Bir o‘q bilan
“Oltin boshoq” guruhi: ikki quyonni urmoq.
3. “Oq oltin” guruhi: do‘ppini ol desa
“Dala malikasi” guruhi: kallasini olmoq.
4. “Kumush tola” guruhi: yerga kirsa qulog`idan
“Oq oltin” guruhi: osmonga chiqsa oyog`idan tortmoq
5. “Oq oltin” guruhi: ignadek gapni
“Dala malikasi” guruhi: tuyadek qilmoq
6. “Kumush tola” guruhi: ishi bitdi
“Oq oltin” guruhi: eshagi loydan o‘tdi
7. “Oq oltin” guruhi:kechani kecha
“Dala malikasi” guruhi: kunduzni kunduz demay
8. “Kumush tola” guruhi: sichqonning inini
“Oq oltin” guruhi: ming tanga qilmoq
9. “Oq oltin” guruhi: yerga kirsa qulog`idan
“Dala malikasi” guruhi: osmonga chiqsa oyog`idan tortmoq
10.“Kumush tola” guruhi:ikki oyog`ini
“Oltin boshoq” guruhi: bir etikka tiqmoq
Iboralar o‘quvchilarni yaxshi fazilatlar tomon boshlaydi sabr qanoatli,
mehnatkash bo‘lib yetishishlarida quloqsizlik, yalqovlik, dangasalik kabi,
yomon odatdan uzoq bo‘lishga chorlaydi.
Bundan o‘qituvchi o‘quvchilar aytgan iboralar haqidagi bilimlarini
yanada mustahkamlashi mumkin. Masalan: bir qulog`idan kirib ikkinchi
qulog`idan chiqib ketmoq iborasini izohlashda o‘qituvchi o‘z mahorati va
tajribasidan kelib chiqib o‘quvchilarga moslashtirishi mumkin bo‘ladi. Bu
ibora etiborsiz, darsga qiziqmaydigan, kattalarning gapini olmaydigan,
xotirasida saqlab qolmaydigan, o‘quvchilarga nisbatan ishlatiladi deb aytib
o‘tsa o‘quvchilar o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib oladilar. Bunday xulosa
37
chiqarishning yana bir afzal tomoni shundaki.
Sinfdagi
etiborsiz,
loqayd, o‘quvchilarni aynan takidlamasdan ularni yaxshi o‘qishlariga
undashdir. Biz o‘quvchini dangasalikdan, bilimsizlikda ayblab uni
o‘rtoqlari oldida izza qilsak bu o‘quvchining darsga bo‘lgan eng yomoni
ustoziga bulgan mehri nafratga aylanishi ham mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak tahlil qilinayotgan iboralar maktab hayoti
bilan bevosita bog`liq bo‘lishi yoki boshqa iboralarni ham maktab,
o‘quvchilar hayotiga bog`lab tahlil qilish maqsadida muvofiq bo‘ladi.
Bu o‘yin o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishiga, og`zaki
va yozma nutqini o‘stirishga, iboralarni mustaqil izohlashiga yordam
beradi.
O‘yinda qaysi bir guruh faol qatnashib, iboralarni topib, ularni topib
davom ettira olsa, o‘sha guruh g`olib sanaladi va o‘qituvchi tomonidan
rag`batlantiriladi.
Keyingi musobaqa “suratlar tilga kirsin” o‘yini tarzida o‘tkaziladi.
Bunda guruhlarga: paxta, makkajo‘xori, bug`doyzor, xarbiylar, shifokor
qushlar, rassom tasvirlangan rasmlar – sinf taxtasiga osib qo‘yiladi.
Guruhlar o‘zlari xohlagan (tanlagan) biror rasm asosida 5 daqiqa ichida
rasm she`r yoki nasriy matn tuzish va tuzilgan she`r yoki matnni guruh
a`zolaridan biri o‘qib berishi lozim bo‘ladi.
38
Bu
vazifani
bajarish jarayonida
o`quvchilar
asosiy
etiborlarini o`zlari tanlagan rasmlarga qaratadilar. Tanlangan rasm,
masalan: paxta bo`lsa, paxtani ifodalovchi tasviriy vositani qatnashtirib
matn tuzadilar. Vazifani o`quvchilar quyidagicha bajarishlari mumkin.
|