43
Dalaga sepsangiz don
O‘sadi shox bug`doyjon
Bo‘ladi katta xirmon
Oltin boshoq – bug`doyjon
Bizga bo‘lar issiq non
Qushlargachi, yemish don
Xosildan barcha xandon
Oltin boshoq – bug`doyjon
Bu o‘yin topshiriq o‘quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Vaqt
belgilanganligi esa, ularni tez va chaqqon, har bir ishda chaqqon bo‘lishga
undaydi. Rasmlarga asoslanib matn yaratish o‘quvchilarning yozma
nutqini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Topshiriqdan ko‘zlangan
maqsad o‘quvchilar ongida tasviriy vositalar bilan bog`liq bo‘lgan
ma’lumotlarni rasm asosida mustahkamlashdir.
O‘yin topshiriqda guruhlarning tuzgan nasriy matn va sherlarining
ma`no mazmuniga qarab baholanadi va rag`batlantiriladi.
O‘qituvchi darsning bu qismiga yakun yasab matnlar va sherlarda
paxtani – oltinga, ipakni – kumushga, bug`doy boshog`ini ham – oltinga
qiyoslash orqali tasviriy ifodalash vositalarining bir turi ekanligini
o‘quvchilarga tushuntirib o‘tishi lozim.
Dostları ilə paylaş: