Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish


-bob: O‘RIN JOY OTLARI BILAN BOG`LIQ BO‘LGAN



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

 
3-bob: O‘RIN JOY OTLARI BILAN BOG`LIQ BO‘LGAN 
IBORALAR VA TASVIRIY VOSITALARNI O‘TISH 
 
Biz turdosh otlar bilan birgalikda iboralar va tasviriy vositalarni 
chambarchas bog‘lagan holda o‘quvchilarning ot hamda ibora va tasviriy 
vositalar haqidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z oldimizga 
maqsad qilib qo‘yganmiz. 
Buning uchun bir shaxs otlari, narsa otlari va o‘rin joy otlari bilan 
bog`liq iboralar va tasviriy vositalarni birgalikda o‘tish, darslar jarayonida 
qo‘llash usullarini o‘yin topshiriqlar asosida bajarishga harakat qildik. 
O‘rin joy otlari -zor, -loq, -iston, -goh, -xona qo‘shimchalari 
yordamida yasaladi. 
O‘rin joy otlarini turar joy, o‘simliklar o‘sadigan joy, dunyo 
tomonlari, odamlar to‘planadigan joy kabi ma’no guruhlariga ajratish 
mumkin. 
O‘rin joy otlarining ma’no guruhiga misollar va misollarning izohlari 
keltirilga ko‘rgazmali qurollardan foydalanishimiz mumkin. 
Namuna 
O‘simlik o‘sadigan joy nomlari va ularning izohi 
1. Tolzor – faqat tol ekiladigan maydon, yer. Tolzorga suv quyiladi. 
2. Tokzor – tok o‘simligi bilan band bo‘lgan maydon, yer. Tokzorlar 
ko‘paymoqda. 
3. Qo‘g‘azor – qo‘g‘a o‘sgan joy. Qo‘g‘azorda ov qilmoq. 
4. Pichanzor – pichanbop o‘t o‘sgan maydon pichanzorda ishlamoq. 
5. Ajriqzor – ajriq bosgan yer maydon. Hamma yoq ajriqzor bo‘lib ketibdi. 
6. Behizor – behilar ekiladiga joy. Behizorga joy qildik. 
7. Bodomzor – bodom ekiladigan ekinzor, bog‘. Bodomzorga bormoq. 


34 
8. Ekinzor – ekinlar o‘sgan maydon, yer. Ekinzorlar ko‘zga tashlandi. 
9. Tutzor – faqat tut ekilgan yer, maydon. Tutzorlar ipakchilik uchun juda 
zarur. 
10.Terakzor – teraklar ekilgan joy, faqat terak ekilgan maydon. Terakzor 
ancha salqin va shaboda edi. 
11.Changalzor – changal (tikanli, buta o‘simliklar) bilan qoplangan joy. 
Changalzordan tustovuq ovozi eshitildi. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin