Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

Hamkorlik uchun ikki shart:
- o‘quvchilarning, hatto, eng kichik qobilyatlarini rivojlantirish
- o‘quvchilarning hissiyot va sezgilarini oshirish. 
Bilish hursandchiligi o‘quvchini faollashtiradi bu olingan bilimlarni 
yanada chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.


54 
Bolaning darsdagi faolligi: ruhiy holati va kayfiyati oldin ko‘p 
hollarda qanday bo‘lgan va guruh bilan ishlash jarayonida qanday 
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, degan nigoh bilan o‘quvchiga yaqin bo‘lib 
borish kerak. 
Dars so‘ngida faol ishtirok etgan guruhlar rag`batlantiriladi. 
Guruhlarning bajarilgan topshiriqlari o‘qituvchi tomonidan izohlanadi, 
fikr bildiriladi. Eng faol qatnashgan guruh o‘qituvchi tomonidan e’lon 
qilinadi va rag`batlantiriladi, qolgan guruhlar ham baholanadi.
Uyga vazifa qilib o‘rin joy nomi bilan bog`liq ibora va tasviriy 
vositalarni qatnashtirib gaplar tuzib kelish buyuriladi. 


55 
 
XULOSA 
 
Respublikamiz mutaqillikga erishgach hayotimizning barcha 
soxalarida bo‘lganidek, ta’lim sohasida ham ulkan vazifalar belgilandi. 
Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston respulikasi Oliy majlisi XIV 
sessiyasida so‘zlagan nutqida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi”
vazifalarni hayotga tadbiq etish hech bir mubolag`asiz, strategik 
maqsadlarimiz, farovon, qudratli demokratik davlat, erkin fuqarolik 
jamiyati barpo etishimizning asosi bo‘lmog`i lozimligini takidlaganlar. 
Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotga iqtisodiy, 
ijtimoiy madaniy-manaviy sohalaridagi keng ko‘lamli ishlar, O‘zbekiston 
respublikasining Talim to‘g`risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi ta’limning barcha bo‘g`inlarida ona tili o‘qitishni taqazo etadi. 
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarda yuqori malakali 
mutahassislarni roli benihoya kattadir. 
Prezidentimiz – mamlakat taqdiri yoshlarning qo‘lida ta’lim olish 
eng muhim masala ekanligini takidlab o‘zining “Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch” asarida shunday fikrlarni keltiradi. “Biz xalqimizning 
hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, 
aqlli va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun” bor kuch va 
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy 
tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu 
masalada xushyorlik va sergakligimizni qat’iyat va mas’uliyatimizni 
yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zboshimchalikga tashlab 
qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g`rilgan va ulardan 
oziqlangan ma’naviyatimizdan tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir oqibatda 


56 
o‘zimiz intilgan, umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib 
qolishimiz mumkin. 
Bu masalalarni amalga oshirishda o‘rta mahsus kasb hunar ta’limi 
ayniqsa ona tili fanini chuqur o‘qitish alohida etiborga loyiq. Hozirgi 
kunda yangi ta’lim tizimidagi zamonaviy tehnologiyalar bilan taminlash 
borasida ko‘plab ishlar qilinmoqda.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini ham yuqoridagi talablarga qisman 
bo‘lsada hissa qo‘shadi degan umiddamiz. Bitiruv malakaviy ishi kirish
uch bob va xulosadan iborat. 
Kirish qismida ishning maqsadi vazifalari dolzarbligi va ahamiyati 
haqida qisqacha ma’lumot berildi. 
Birinchi bob “Shaxs otlari bilan bog‘liq iboralar va tasviriy 
vositalarni o‘tish” bo‘lib, shaxs otlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tish 
jarayonida iboralar va tasviriy vositalarni qo‘llash o‘quvchilarga ma’lumot 
berish bilan birgalikda mashqlarni o‘tish jarayonida o‘yin topshiriqlardan 
samarali foydalanildi. Turli o‘yin topshiriqlar ishlab chiqildi bu 
o‘quvchilarning shaxs oti bilan birgalikda iboralar va tasviriy vositalar 
haqidagi bilimlarning mustahkamlashga yordam beradi va darsni qiziqarli 
o‘tishini ta’minlaydi.
Ikkinchi bob “Narsa otlari bilan bog‘liq iboralar” va tasviriy 
ifodalarni o‘tish” deb nomlangan. 
Ushbu bobda-narsa otlari bilan bog‘liq ibora va tasviriy ifodalarga 
e’tibor qaratilgan. Nima so‘rog‘iga va javob bo‘luvchi iboralar ham 
tasviriy ifodalarni o‘quvchilarga o‘tish tushuntirish uchun turli xil o‘yin 
topshiriq va mashqlardan foydalanildi. Mavzuni bunday usulda o‘tish 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi. Nutqining rang-barangligini 
ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchining nutq madaniyati 
takomillashib boradi. 


57 
Uchinchi bob “O‘rin joy otlari bilan bog‘liq” iboralar va tasviriy 
vositalardan o‘tish” bo‘lib bu borada asosiy e’tibor o‘rin joy otlari bilan
bog‘liq tasviriy ifodalarga qaratilgan. O‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan 
turli o‘yin-topshiriqlar musobaqa shaklidagi mashqlar va test savollari 
keltirilgan. 
Bir bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida turdosh otlar 
mavzusiga doir mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagogik 
texnologiya asosida turli o‘yin, topshiriqlarni tavsiya qildi. Bu o‘yin 
topshiriq va mashqlar shu soha xodimlariga va ushbu sohaga qiziquvchilar 
uchun foyda keltiradi degan umiddaman


58 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin