“IMLO QOIDALARI”GA ILOVA O‘zbek kirill alifbosidagi ayrim harf va belgilar o‘zbek lotin alifbosida
quyidagicha aks ettiriladi:
1. ё, ю, я harflari o‘rniga qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq:
1) ikki tovushni (y+unli) ifodalashga xizmat qilsa, yo, yu, ya harflari yoziladi:
ёмғир – yomg‘ir, заём – zayom; ютуқ – yutuq, юрист – yurist; яхши – yaxshi, ядро –
yadro kabi;
2) o‘zidan oldin kelgan undoshning yumshoq ekanini ko‘rsatishga xizmat qilsa,
ikki xil:
a) asosan bir harf: ё harfi o‘rniga o harfi, ю harfi o‘rniga u harfi, я harfi o‘rniga a harfi yoziladi: стажёр – stajor, бюджет – budjet, фляга – flaga kabi;
b) so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun qisman ё harfi o‘rniga yo harflari, ю harfi o‘rniga yu harflari, я harfi o‘rniga ya harflari yoziladi: плёнка –
plyonka, бюрократ – byurokrat, славян – slavyan kabi.
Demak, ё, ю, я harflarini ikkinchi vazifasida qanday yozish bo‘yicha aniq qoida
berib bo‘lmaydi, bunday harf qatnashgan so‘zning to‘g‘ri yozilishi “Imlo lug‘ati”da aks
ettiriladi.
2. ь belgisi:
1) undosh tovushning yumshoqligini ko‘rsatsa, yozilmaydi: альбом – albom,
апрель – aprel kabi;
2) ayirish belgisi vazifasini bajarsa, ikki xil:
a) ю, я, е harflaridan oldin kelganda tushirib, harf o‘rniga yu, ya, yeharflari
yoziladi: интервью – intervyu, фортепьяно – fortepyano, премьера – premyera kabi;
b) o, u harflaridan oldin kelganida belgi o‘rniga y harfi yoziladi: павильон –
pavilyon, Ильин – Ilyin kabi.
3. ъ belgisi:
1) rus tilidan olingan so‘zlarda tashlanib, undan keyin kelgan е, ю harflari o‘rniga
ye, yu harflari yoziladi: разъезд – razyezd, адъютант – adyutant kabi;
2) arab tilidan olingan so‘zlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi: маъно –
ma’no, санъат – san’at kabi.
4.