78
Sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi. Urg‘u ko‘makchi
bilan birga kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga
tushadi. Shuning uchun ko‘makchi ohang tomonidan
o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil qiladi,
lekin yozuvda ko‘makchi doimo ajratib yoziladi.
Ba’zan bilan, uchun ko‘makchilari badiiy uslub-
da -la, ila, birla, -chun shaklida qo‘llanadi. -la,
-chun chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
161-mashq.
Ko‘chiring. Ko‘makchilarning ostiga chizib, uning
talaffuzi va imlosini izohlang. Halollik haqida bahs uyushtiring.
1. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. (
R. Isoqov)
2. Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo‘lib qolmay,
buyuklikning ayni o‘zidir. («
Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur» kitobidan)
3. Qalam-la men to‘qiyman qo‘shiq, U – insonga, elga xizmatim.
(
Zulfiya) 4. Abdulla Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari
uchun 1989-yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. («
Vatan
adabiyoti») 5. Bu to‘g‘rida maktab direktori, o‘qituvchilar
gapirsa, o‘zimga olmas edim. (
Abdulla Qahhor) 6. Saida bu
haqda bundan ortiq gapirishni lozim ko‘rmadi. (
Abdulla Qah-
hor) 7. U hamma qishloq bolalari kabi yoshlikdan meh-
natga kirishgan bo‘lsa-da, ammo o‘yinga ham vaqt topar edi.
(
Oybek)
♦
♦
♦
♦
♦
162-mashq.
Tufayli, haqida, sari, kabi ko‘makchilarining har biri
ishtirokida gaplar tuzing. Ularning vazifasi va ma’nosi haqida fikr yuriting.
Savol va topshiriqlar
1. Sof ko‘makchilar deb nimaga aytiladi?
2.
Bilan va
uchun ko‘makchilarining ishlatilish o‘rinlari haqida
so‘zlang.
3. Sof ko‘makchilar ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: