Substansiya tushunchasining mohiyati.Falsafa tarixida o„zining mavjudligi uchun o„zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo„lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo„llaniladi. Ilk falsafiy yo„nalishlarning vakillari
barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda,
bunday asos sifatida o„sha davrda umumiy e‟tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov
yoki apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan.
Keyinchalik substansiya kategoriyasi o„zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog„liq
bo„lmagan holda mavjud o„ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-
barangligi va o„zgaruvchanligi substansiya bilan bog„lana boshladi. Bunday asoslar sifatida
falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g„oya, va shu kabilar amal qilgan.
«Substansiya» tushunchasi o„z-o„zini to„liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat
qiladi. Substansiya kategoriyasida o„zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan
negiz, birinchi asos g„oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» – «o‘z-o‘zining sababchisi» iborasida juda to„g„ri ifodalagan. Substansiya deganda u o„z holicha mavjud bo„lgan va o„zi orqali zohir bo„lgan, ya‟ni o„zining mavjudligi
uchun boshqa narsaga muhtoj bo„lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substansiya
materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o„zining barcha shakllari sababi va
«sub‟ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substansiyani bir vaqtning o„zida ham tabiat,
ham Xudo sifatida ta‟riflagani va bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza
Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan
ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat bo„lgan.
Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e‟tibor qaratish
lozim. Shu tariqa falsafada substansiyakategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia -
mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-
xilligining ichki birligida namoyon bo„luvchi mohiyat.
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va
dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat ang-
langan. O„rta asr SHarq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino,
Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma‟naviy asosi, mohiyati
tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Aksidensiya (lot. accidentia - o„tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o„tkinchi sifatlarini ifodalaydi.
Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi
marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo„qdir»; «Aksidensiyani sezgilar orqali his etish
mumkin, substansiyani esa faqat aql anglab etadi»; «Masalan, olma - substansiya bo„lsa, uning
qizilligi esa aksidensiyadir».