Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ontologiya tushunchasi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo„lib, unda 
borliq va yo„qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi 
o„rganiladi, Shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo„lgan barcha narsalarning mohiyati 
aniqlanadi.
“Ontologiya” atamasi yunoncha so‟zdan olingan bo‟lib (ontosborliq, logosso„z, 
ta‟limot), borliq haqidagi ta‟limot degan ma‟noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o„rin 
egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida 
ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, 
aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo„ldi. Lekin 
ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi.
Falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o„rinni egallaydi. 
«Borliq» kategoriyasi har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim 
xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo„lish, bevosita yoki bilvosita namoyon 
bo„lish, o„zaro ta‟sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
“Borliq” va “yo„qlik” kategoriyalarining o„ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati 
shundan iboratki, ularning falsafiy ma‟nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe‟ldan, aniqroq 
aytganda, «bo„lmoq» fe‟lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo„lgan tushunchalar hisoblanadi va 
narsaning o„zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo„qligini ko„rsatadi. Masalan, stol bor
yomg„ir yo„q, miya bor, g„oyalar yo„q va h.k.
Falsafa tarixida borliq muammosi. «Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo„lishi bilan 
shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo„lsada, dunyo haqida odamlar 
ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko„p sonli afsonalar va miflarda 
bizgacha etib kelgan.
Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “borliq” tushunchasini tor va keng ma‟noda qo„llash 
hollariga duch kelamiz. Tor ma‟noda “borliq” ongga bog„liq bo„lmagan ob‟ektiv olam, keng 
ma‟noda - bu barcha mavjud narsalardir.
Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming 
yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. 
Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar
quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo„qoladi kabi savollarga javob topishga 
uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma‟lum bo„lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda 
aks ettirganlar.
“Rigveda”da aytilishicha, olamning paydo bo„lishida “asat”deb ataluvchi ibtido bosh rolni 
o„ynagan. “Asat” imkoniy borliq, ya‟ni “yo„qlik” demakdir. “Asat” asta-sekin 
“sat”(”mavjudlik”)ka aylangan.
Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan daosizmning asoschisi Lao-tszining fikricha, “borliq” 
asosida “dao” yotadi. U “tsi” elementi bilan birgalikda hayot negizini tashkil etadi.
Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. 
Qadimgi Yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi 
sababini mavjud voqelikning o„zidan izlaganlar, Masalan, (Fales) uni suv yoki (Anaksimen) 
havo deb, (Anaksimandr) esa hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron» 
deb tavsiflaganlar. Shunga o„xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari 


suradi. Ya‟ni u hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va 
suvdan paydo bo„lganmiz», deb hisoblaydi.
O„sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar 
ekan, Pifagor (mil. av. 580-500 yillar) «hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U Erning 

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin