«naturallashtirish» g„oyasi kelib chiqqan. Mazkur talqin fransuz materialist faylasuflari Golbax,
Gelvetsiy, Lametri dunyoqarashida ayniqsa bo„rtib ko„rinadi.
Yangi davr, so„ngra nemis klassik falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish
zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning
erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob‟ektiv rivojlanuvchi g„oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni
qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi.
XX asr borliqni
tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan
bog„lab, uning talqinini o„ta kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo„nalishi esa, avvalgi
ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab,
falsafadagi borliq
muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o„zagini insonning ijtimoiy ijodi
tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan-texnika
taraqqiyotining sur‟atlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash
ko„pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
XX asrda Borliq– dunyo miqyosidagi tartibsizlik, absurd va intiho asri - bunyod etgan
yangi postmodernistik shaklini e‟lon qilgan postmodern instinkt, boshboshdoqlik,
va yurish-
turishlarning rang-barangligi, va tartibsizlik tomon yuz tutgan. San‟at va borliq orasidagi masofa
tobora qisqarib, mutlaqo yo„qolish darajasiga yaqinlashgan. Ko„chadagi narsalar badiiy asarlar
ahamiyatini kasb etgan. Postmodern hayotdagi haqiqiy qarama-qarshiliklardan kelib chiqishga
harakat qilib, borliqdan «nusxa» ko„chirgan va «o„z tartibi»ni taklif qilgan. Odatdagi
narsalarning oddiy bog„lanishlarini neytrallashtirib, ularni obrazli-badiiy dunyoqarash maqomiga
da‟vogar bo„lgan yangi ma‟nolar tizimiga kiritishga intilish ijodning mohiyatiga aylangan.
Borliq haqidagi o„ta keng, falsafiy tasavvurlar dunyoning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasini
yaratishga harakat qilayotgan hozirgi zamon fanining xulosalari va qoidalariga asoslanishi lozim.
Ammo ayrim fanlardan iborat fan o„z holicha borliqning
umumiy talqinini bermaydi, zero bu
vazifa avvalo falsafiy darajada hal qilinadi. Falsafaning bu muhim roli, uning murakkab
hodisalar, shu jumladan borliqni bilish borasidagi imkoniyatlari haqida V.I.Vernadskiy shunday
degan edi: «Men bilimning rivojlanishida falsafaning ahamiyatiga aksariyat naturalistlarga
qaraganda boshqacharoq yondashaman va u bunda ulkan,
samarali ahamiyat kasb etadi, deb
hisoblayman. Menimcha, falsafa va fan ayni bir jarayonning tomonlari – muqarrar va ajralmas
tomonlardir. Ular faqat bizning aqlimizda ajraladi. Agar ulardan biri to„xtab qolsa, boshqasining
jonli o„sishi barham topgan bo„lar edi. Falsafa doim fan kurtaklarini o„stiradi, ba‟zan hatto
fanning rivojlanish sohalarini belgilaydi»
1
.
Dostları ilə paylaş: