Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga 
qadimdayoq e‟tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O„z navbatida, jonli narsalar 
dunyosida inson alohida o„rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. 
Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko„rish, ya‟ni abstrakt fikrlash va 
o„zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo„ladi.
Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o„rin 
oladigan o„ziga xos piramida hosil bo„ladi. Ya‟ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, 
ijtimoiy borliq va inson borlig„i kabilardir. So„nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr 
yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o„ziga xos xususiyatga, o„zining betakror 
mohiyatiga egadir.
Tabiat borlig‟i. O„z navbatida, birlamchi tabiat borlig„i (ya‟ni inson va uning faoliyatidan 
qat‟i nazar mavjud bo„lgan narsalar va jarayonlar borlig„i) va ikkilamchi (yoki odamlar 
tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig„i)ga bo„linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat 
narsalari va jarayonlarining borlig„i – bu butun tabiiy va sun‟iy dunyo, shuningdek tabiatning 
barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, 
kamalak, ko„zgudagi aks va sh.k.)dir.
Birlamchi tabiat borlig„i ikki darajani o„z ichiga oladi. 
1
Vernadskiy V.I. Filosofskie mыsli naturalista. – M.: 1988. –S. 412. 


Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‟ni ko„payish qobiliyatiga ega bo„lgan, atrof 
muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega 
bo„lmagan barcha narsalar, ya‟ni sayyoramiz hayvonot va o„simliklar dunyosini o„z ichiga 
olgan butun biosferadan iborat.
Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig„i bo„lib, bu: ikkilamchi tabiat inson 
yaratgan yoki o„zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi 
yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog„liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda 
birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob‟ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, 
boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o„z ifodasini 
topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining 
ehtiyojlari, ma‟rifatli borliq, moddiy va ma‟naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va 
jarayonlardir.

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin