tegishli
va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli
organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi
mavjudot sanalgan insonga
nisbatan ham to„la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan
farqlash imkonini beradigan, unda hech shubhasiz mavjud bo„lgan, lekin sinchiklab qaraganda
ko„rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo„lmagan nimadir mavjud.
Insonning ichki
dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat,
ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb atalgan.
Shaxs – insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi,
tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa. Shaxs faqat jamiyatda, o„ziga
o„xshash odamlar bilan muloqot qilish, o„tgan avlodlar to„plagan
tajriba va bilimlarni, o„ziga
qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini o„zlashtirish orqali shakllanishi mumkin.
Shuning uchun ham
shaxs bo„lish – ijtimoiy «qiyofa»ga ega bo„lish demakdir. Bularning
barchasi ijtimoiy borliqning turli holatlari va jarayonlarini tavsiflaydi. Ularni to„la
yoritish
ijtimoiy falsafa muammolarining butun majmuini tahlil qilishni taqozo etadi.
Ma‟naviy borliq sub‟ektiv individuallashgan va ob‟ektiv (noindividual) ma‟naviy borliq
sifatida mavjud. Individuallashgan ma‟naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va
ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko„ra,
ruh – individual ong bilan ayniy
tushuncha, tor ma‟noda esa u tafakkurdir.
Ong –
inson bosh miyasining dunyo borlig„ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar,
shuningdek
g„oyalar, e‟tiqodlar, qadriyatlar, mo„ljallar, andozalarning ko„rinmas jarayoni sifatida mavjud.
Ong tez oqadigan va bir xil bo„lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu
jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan
darajada intizom va iroda mavjud.
Dostları ilə paylaş: