Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada  «Substansiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to„shama, negiz



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada 
«Substansiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to„shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi
deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta‟limotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har 
qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o„ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi 
talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental 
(kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o„zaro ta‟sirlar amal qiladi. Turli moddalarning 
hosil bo„lish va o„zgarish jarayonlarida o„zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar 
kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo„ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida 
amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik 
jarayonlar substrati bo„lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o„zgarishlar zamirida maqsadga 
muvofiq faoliyati mavjud bo„lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi. 
FALSAFADA MATERIYA TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISHI. Materiya 
tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang narsalari 
yaratib va yo„q qilib bo„lmaydigan, odamlarga ham, xudolarga ham bog„liq bo„lmagan umumiy 
va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi g„oyani ilgari surgan paytdan e‟tiboran 
falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni 
yaratish uchun asosiy material bo„lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. 
Ayni shu material materiya deb atalgan.
Materiya” atamasi lotincha materia so„zidan kelib chiqqan bo„lib, modda degan 
ma‟noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni bir 
necha marta o„zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. 
«Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U 
hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo 
bo„lishiga asos bo„lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. 
Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo„lib, har qanday geometrik shakl 
ko„rinishini kasb etishi mumkin bo„lgan makon bilan tenglashtiriladi. 

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin