214. Yoki (ey, mo’minlar,) sizlardan ilgari o'tganlarning kuni (boshlaringizga) kelmay turib, jannatga (osongina) kiramiz, deb o'yladingizmi? Ularga balo va musibatlar kelib, shunchalik larzaga tushgan edilarki, hatto payg'ambar va imonli kishilar: "Allohning yordami qachon (kelar ekan)?" deganlar (betoqat bo'lishgan). Aslida esa Allohning yordami yaqindir. 215. Sizdan (ey, Muhammad,) qanday ehson qilishni so'raydilar. Ayting: "Nimaniki xayr-ehson qilsangizlar, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingizlar! Har qanday qilgan ehsonlaringizni Alloh bilib turuvchidir". 216. Sizlarga (yov bilan) jang qilish farz qilindi, vaholanki, u sizlar uchun yoqimsizdir. Ehtimol, sizlar yoqtirmagan narsa (aslida) o'zlaringiz uchun yaxshi, yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar. 217. Sizdan "Shahri Harom"da jang qilish (hukmi) haqida so'raydilar. Ayting: "Unda jang qilish katta gunohdir. (Lekin, odamlarni) Alloh yo'lidan qaytarish, Unga kufr keltirish va (hojilarni) Masjidi Haromdan to'sish hamda aholisini quvib chiqarish Alloh nazdida yana ham kattaroq gunohdir. Fitna qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir. Ular imkon topsalar, to diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan jang qilaveradilar. Sizlardan kimda-kim o'z (Islom) dinidan qaytib, kofir holida o'lsa, unday kimsalarning qilgan amallari (toat-ibodatlari) dunyoyu oxiratda behuda ketar. Ular do'zax ahlidirlar va unda mangu qolurlar. Izoh: Shahri Harom – hurmatli oy. Ya'ni, Rajab oyi. Rasululloh bu oy kirmasdan turib, Quraysh mushriklaridan iborat karvon yo'lini poylab, o'ch olish uchun bir guruh askarni yuborgan edilar. Ular Rajab
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
25
oyi kirib qolganidan bexabar mushriklarga hujum qilib, mag'lubiyatga uchratganlar. Bu voqeadan keyin mushriklar ta'na qilishib: "Muhammad hurmatli oyda jang qildi. Alloh harom qilgan narsani halol deb bildi", - deganlarida, Alloh taolo mushriklarning qilmishlari musulmonlar yo'l qo'ygan bu kamchilikdan battar ekanligini bayon qilmoqda.