194. (Urush) man etilgan oy - (urush) man etilgan oy evazigadir (urush ochsalar, sizlar ham shu oyda urush ochaveringizlar), (toptalgan) hurmatlar (jazosi) - qasosdir. Kim sizlarga tajovuz qilsa, sizlar ham o'sha me'yorda tajovuz qiling! Allohga taqvo qilingiz va bilingizki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir. Izoh: Urush man etilgan hurmatli oy - Zul-qa'da oyi. Bu oyatning boshqacha tafsiri ham mavjud. Ya'ni, "Hijratning oltinchi yili hurmatli oyda umra uchun borganlaringizda, Makka mushriklari yo'llaringizni to'sib, umraga kelasi yili kelinglar, deganlaridan so'ng, yettinchi yili kelib, hurmatli oyda umrani ado etishlaringizda farq yo'qdir". 195. Alloh yo'lida (boyliklaringizdan) sarflangiz va o'z qo'llaringiz (baxillik qilish) bilan o'zlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko'radi. Izoh: Bu oyatning avvalida baxillik qilish halokatga sabab bo'lishi uqtirilgan bo'lsa, oxirida ehson qiluvchi saxiy kishilarning Allohga mahbub ekanligi aytilmoqda. 196. Haj va umrani Alloh uchun mukammal ado eting! Agar (kasallik yoki qaroqchilar tufayli) yo'lingiz to'silib qolsa, qurbingiz yetgan biror (bo'taloq, sigir, qo'y kabi) jonliq so'ying. (O'sha) qurbonlik o'z joyiga yetib bormagunicha, boshlaringizni (sochingizni) qirmang! Sizlardan kimdir (hajda) kasal bo'lsa yoki boshidan (bit yoki biror darddan) aziyat cheksa (sochini oldinroq oldirishi yoki qisqartirishi mumkin), bu bilan u ro'za yoki sadaqa yoxud qurbonlik bilan fidya (evaz) to'laydi. Qachonki, (mone'liklardan) xotirjam bo'lsangiz, so'ng (haj vaqtigacha) kimki umra qilib tamattu' qilsa (ehromdan vaqtincha chiqib olsa), muyassar bo'lgan qurbonlikni qilsin! Kim (bunga imkoniyat) topa olmasa, uch