oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin", - deydilar. 202. Aynan o'shalarga qilgan ishlaridan nasiba (savob) bordir. Alloh tez hisob (kitob) qiluvchidir. 203. Sanoqli (ma'lum) kunlarda Allohni (ko'proq) zikr qilingiz!* Kimki ikki kunda shoshilsa (haj ishlarini tugatib ketsa), unga gunoh yo'q. Kim (uchinchi kungacha) kechiksa, unga ham gunoh yo'qdir, basharti taqvoli bo'lsa. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, sizlar, albatta, Uning huzuriga (qiyomatda) to'planursizlar. Izoh: Sanoqli kunlar - tashriq kunlari. Ular hanafiy mazhabi bo'yicha Zul-hijja oyining 10,11,12 kunlari, shofe'iy mazhabida esa 11,12,13 kunlaridir. 204. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, dunyo hayoti to'g'risidagi gapi Sizga qiziqarli bo'ladi. Dilidagi "imoni"ga Allohni guvoh qiladi, vaholanki, o'zi (Islomga) dushmanlarning ashaddiysidir. 205. (Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi. Alloh esa fasodni (buzg'unchilikni) yoqtirmaydi. 206. Unga "Allohdan qo'rqqin" deyilsa, g'ururi uni gunoh ishlarga undaydi. Unga faqat jahannam bas kelur. Naqadar mudhish joy u! Izoh: Bu oyat munofiq Axnas ibn Shariq xususida nozil bo'lgan. U Payg'ambar (a. s.)ga o'zini sodiqdek ko'rsatib, dilidagi yovuz g'arazlarini yashirgan paytda, Alloh taolo O'z Rasulini bundan ogoh qilgani to'g'risida xabar bermoqda. 207. Odamlar orasida Allohning roziligini istab, jonini beradigani ham bor. Alloh bandalarga mehribondir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
24
208. Ey, mo’minlar, yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u