Agar basseyndagi suv konveksiyasiga barham berilsa, holat birdan
o’zgaradi. Buning uchun basseyn tubida erimagan tuz bo’lishi zarur,
harorat ortishi bilan tuzlarning suvda eruvchanligi ortadi va harorat
yuqori bo’lishiga qaramasdan basseyn tubiga yaqin bo’lgan suv qatlami
zichligi ustki qatlamlar zichligidan yuqori bo’ladi, natijada konveksiya
yo’qoladi.
Bunday basseyn plyonkali qatlamsiz ham yaxshi natijalarni
ko’rsatadi.
Eksperimentnatijalari
bunday
basseynlardagi
muvozanatlovchi harorat 100° S ga yetishini ko’rsatdi. Bunday turdagi
basseynlarni yapaloq kollektorlarga o’xshatish mumkin.
Tuzli (sho’r) suvga ega bo’lgan cho’l hududlarida quyosh
basseynlari boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan bir qator
ustunliklarga ega, ya’ni ular nisbatan arzon quyosh priyomniklaridir.
Ular suvning yuqori issiqlik sig’imiga ega. Bir qator texnik
qiyinchiliklar mavjudligiga qaramsdan, quyosh basseynlari tobora keng
qo’llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: