O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


Transfert to‘lovlar –bu o‘tkazma to‘lovlar, davlat byudjeti vositalarini



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Transfert to‘lovlar –bu o‘tkazma to‘lovlar, davlat byudjeti vositalarini 
qayta taqsimlash shakillaridan biri. 
Bu to‘lovlar: 

xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish; 

davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari; 

ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan transfert to‘lovlar kam ta`minlangan aholi 
guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagit kishilarga hamda 
ishsizlarga nafaqa to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi. 
Sotsial-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy 
muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma`naviy vaziyatga ta`sir etish yo‘li bilan 
kishilarning fe`l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini 


157 
qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Sotsial-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish 
jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy 
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir. Boshqarish usullarining bu guruhi 
jamoaning shakillanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma`naviy 
manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan xolda ta`sir qiluvchi vositalar 
majmuidir. 
Sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob`ektining 
holati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak. 
Sotsial tadqiqotlar xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi: 

jamoa a`zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati

boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati; 

jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari; 

xodimlar shaxsiyati

xodimlar qo‘nimsizligi sabablari; 

xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; 

jamoa a`zolarining ma`naviy va jismoniy ravnaqi; 

ehtiyojlarning qondirilish darajasi vah.k. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin