Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə217/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

7-ilova



F-fikringizniayting
S-sababinitushuntiring
M-misollarkeltiring
U- umumlashtiring




Mavzu yuzasidan jadval to’ldiriladi



F

S

M

U

















































8-ilova
Nazorat savollari
1. Milliy bibliografiya nima? Uning xususiyatlari.
2. Davlat bibliografiyasi va uning o ‘ziga xos tomonlarini aytib bering.
3. Respublika kitob palatasi qanday faoliyat olib boradi?
4. Milliy va Davlat bibliografiyasining markazlari haqida
10–ilova.
Kelgusi mashg’ulot : Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni. Bibliografiya ishini tashkil etish
Uyga vazifa:Mavzu bo’yicha test savollari tuzib kelish.

37-mavzu: Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati
Reja:

    1. Respublika Milliy kitob palatasi haqida

    2. Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati bilan tanishish.

    3. O‘zbekistonda respublika darajasida davlat bibliografiyasi

Hujjatlar madaniyati va dunyo bibliografiyasining yuzaga kelishida kitob palatasi asosiy o‘rin tutadi. U matbuot asarlarining majburiy nusxalarini yig‘di, barcha turdagi elektron kitoblar va huijatlarning ham majburiy nusxalari shu joyda yig‘ildi va hisobga olindi, uni saqlab, arxivini tashkil etdi, bibliografik va axborot xizmatini ko‘rsatish uchun manbalarni tayyorladi va hokazo. 1920-yilda O‘zbekistonda nashriyotchilik ishi va kitob ishi rivojlanib borishi bilan davlat bibliografiyasining markazini tashkil etish ehtiyoji paydo bo‘lgan edi. Shu yili kuzda Toshkentdagi Turkiston davlat nashriyotida birinchi Turkiston kitob palatasi tashkil etildi. Ammo o‘sha paytdagi shart-sharoitlarning murakkabligi tufayli chiqayotgan nashrlarning hammasini hisobga olib borish, ularning ro‘yxatini tuzish va nashr etish, Rossiya markaziy kitob palatasiga kelib tushayotgan va mahalliy kutubxonalarga kelayotgan nashrlarni to‘la qamrab olish imkoni bo‘lmadi 1922— 1924-yillarda Turkiston matbaa asarlarining davlat hisobini olib borish va Rossiya kitob palatasining „Kitob yilnomasi“ da aks ettirishga urinishlar bo’lgan. 1922- yil 17- iyulda qabul qilingan respublikalar hududida nashr etilayotgan matbuot asarlarini majburiy hisobga olish haqidagi qarordan so‘ng yana Turkiston kitob palatasini tashkil etishga urinish boshlandi. Chunki 1922- yilgacha hech qayerda Turkiston matbuoti hisobga olinmadi, respublikada nashriyotchilik va kitob ishining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi tezkorlik bilan ular haqida axborot berib borishni talab etar edi, respublikada nashr etilayotgan asarlarning majburiy nusxalarini to‘plash masalasi hali hal etilmagan edi. 1922-yil sentabr oyi boshlarida Respublika davlat ilmiy kengashida kitob palatasi masalasi ko‘rildi. Palatani tashkil etish loyihasini tayyorlashning maxsus komissiya yig‘ilishida Turkiston davlat kutubxonasining xodimi N. A. Burov ishtirok etdi. Oktabr oyi


olrtalarida Turkiston davlat kutubxonasi direktori Y. K. Betger Davlat ilmiy kengashi topshirigi bilan Turkiston kitob palatasini ta ’sis etish bo‘yicha Xalq komissarlar sovetining qaror va Xalq maorifi komissarligining respublikada matbuot asarlarining majburiy nusxasini hisobga olib borish haqidagi yo^riqnoma
loyihasini topshiradi. 1923- yil 15- yanvarda Davlat ilmiy kengashi qoshida ikkinchi Turkiston kitob palatasi tashkil etiladi, ammo shu yilning may oyidayoq uning faoliyati to ‘xtatiladi. 1923-yil yanvarining o‘rtalaridan boshlab Turkiston Avtonom Respublikasida matbuot asarlarini hisobga olib borish boshlandi va Turkiston kitob yilnomasi kokrinishida ro^yxat tayyorlanadi, unga asos matbuot asarlarinin majburiy nusxalari va Turkiston davlat kutubxonasi fondiga kelib* tushayotgan adabiyotlar. Dastlab palata 1917 — 1922- yillarda nashr etilgan matbuot asarlarini yig‘adi. Yilnomani nashr etish 1921-yilda boshlandi va 1923-yildan boshlab Rossiya markaziy kitob palatasidan Turkistonga oid dabiyotlarning majburiy nusxalari kelib tusha boshlaydi. Turkiston davlat kutubxonasi fondining tez o‘sib borishiga ta’sir etdi. Dastlab bibliografik tasvirlar kirill
yozuvida olib borildi, bu qator qiyinchiiiklarni yuzaga keltirdi. Chunki sharq tillaridagi va yozuvidagi adabiyotiarda rus kirill yozuvidagi na tarjimasi, na izohlari deyarli uchramas edi. Y. K. Betger Turkiston nashrlarini asl tilida hisobga olish, zarur bolgan holda Rossiya kitob palatasining kirill yozuvida boimagan asarlami robyxatga kiritmagandan kokra, rus tilidagi taijimasini yoki qisqacha izohini berish kerak, deb talab qildi. U titul varag‘ining orqa tomonida zarur bibliografik elementlarni rus tilida berish va bu bilan Rossiya kitob palatasining hisobga olish ishlarini yengillatish. 0 ‘zbekiston hukumatining 1926-yil 3 - yanvardagi 1930-yilgacha 0 ‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan Samarqandda davlat
kitob palatasini tashkil etish haqida qarori e ’lon qilindi. Shu kundan boshlab rejali, malakali holda davlat bibliografiyasini tuzish boshlandi. Kitob palatasi 0 ‘zbekiston Xalq komissariati tarkibiga kiruvchi muassasalarning Akademik markaziga qarashli edi. Qarorda kitob palatasi 0 ‘zbekiston hududida nashr etilayotgan barcha turdagi matbuot asarlarini bir necha nusxada saqlaydi va hisobga olib boradi, deb ko‘rsatildi. 0 ‘sha paytda palataning shtati 2 kishidan iborat bo‘lib, bittasi I. Rahmatullayev direktor, ikkinchisi D. P. Kvasnitskiy bibliograf edi. 1927-yildan boshlab kitob palatasida majburiy nusxa ola boshlanadi va alifbo hamda sistemali katalog yuritiladi. Shu kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan kitob palatasi davlat bibliografiyasining, matbuot asarlarining statistik, markazlashgan kataloglashtirish, ma’lumotnoma-bibliografiya, nashriyotchilik, poligrafik sanoat va kitob savdosi sohasi hamda ilmiy-texnik axborot va targ‘ibotning tarmoq markaziga aylandi.. 1980- yillarga qadar kitob palatasida matbuot asarlarini qabul qilish va nazorat qilish; davlat kundalik bibliografiyasi; ma’lumotnoma-bibliografiya boiimi; matbuot asarlarini hisobga olish bo‘limlari ish olib bordi. Palataga kelgan har bir hujjat avval matbuot asarlarini qabul qilish va nazorat qilish bo‘limiga tushadi. Bu bolimda kitoblar bilan birga kelgan ilovali hujjatlar bosmaxona yoki nashriyotlaming nomlari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. Kitoblar turli xil belgilariga qarab alohida guruhlashtiriladi, har biriga inventar raqami qo‘yiladi. Gazeta va jurnallaming nomlari bo‘yicha har biriga alohida pasport yoziladi va tikib boriladi, keyinchalik muqovalanadi. Bu yerda nazoratdan o‘tgan kitoblar statistika sho‘basida bibliografik tavsif bilan boyitiladi. Bu bo‘limdan so‘ng adabiyotlar bibliografiya bo‘limida alohida bibliografik hisobdan o‘tadi va ,,0 ‘zbekiston matbuoti solnomasi“ uchun ma’lumotlar to‘plash jarayonida ishtirok etadi. Ma’lumot va bibliografiya boiimi esa katalog va kartotekalar uchun kartochkalarni tayyorlaydi va ularni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib boradi.Palataning asosiy vazifasi — 0 ‘zbekistonda nashr etilayotgan
matbuot asarlarini hisobga olib borish, uning raqamli hisobini yuritish, gazeta va jurnallarga bosma va elektron mahsulotlar haqida axborot berib turish. Kitob palatasining yuragi, matbuot asarlarining arxivi 1927-yili tashkil etilgan. Har yili arxivga 46ming dona matbuot asari kelib tushgan. 0 ‘sha yillardanoq 7 ta
ko‘rsatkichdan iborat ,,0 ‘zbekiston matbuotining yilnomasi“ nashr etila boshlandi: 1928- yildan ,,0 ‘zbekiston kitob solnomasi“,1931- yildan rus va 1938- yildan o‘zbek tilida „Jurnal maqolalari solnomasi“ , 1968-yildan „Taqrizlar solnomasi“ va „Tasviriy san’at asarlarining bosma nashrlari solnomasi“ , 1969-yildan„Gazeta maqolalari solnomasi“, 1976-yildan boshlab kitob palatasi „Ежегодник книги УзССР“ va 1982-yildan ,,0 ‘zbekistonning bibliografik qo‘llanmalari“ nomli yillik ko‘rsatkich nashr etdi. 1958- yil O‘zbekistonda respublika darajasida davlat bibliografiyasi tizimidagi qo‘llanmalar kartochka shaklida nashr etila boshlandi. Bu ishda 1974 — 7 5 -yillarda yangi nashr etilayotgan adabiyotlarning annotatsiya kartochkalari nashr etildi. Kitob palatasida o‘zbek tilidagi kitoblarning, 1915- yildan qoraqalpoq va rus tilidagi kitoblarning alifbo katalogi, 1917- yildan rus va o‘zbek tilidagi kitoblarning sistemali katalogi, o‘zbek va rus tilidagi jurnal maqolalari katalogi, izografika katalogi, rus tilida avtoreferatlar katalogi, mualliflarning familiyalari tartibida badiiy, o‘smirlar va bolalar adabiyoti, ilmiy ishlar, to‘plamlarga kiritilgan mualliflar, taqrizlar, tarjimonlar kartotekalari tuzilgan. Kitob palatasining ma’lumot-bibliografiya apparati 800 ming bibliografik yozuvdan tashkil topgan 20 dan oshiq turli katalog va kartotekalardan iborat.
1994-yildan kitob palatasi Milliy bibliografiya markaziga aylantirildi. Yangi status olganiga qaramay, palataning vazifalari ancha qisqargan. 2002- yildan shu kungacha to‘plangan bibliografik yozuvlar elektron ko‘rinishda, bosma holda nashr etilmadi va tarqatilmadi. Hozirgi kunda mazkur markaz Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston milliy kutubxonasi tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda.



Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin