Bibliografik axborot berish — kitobxonlarning doimiy so‘roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat kobrsatish, axborot va kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ‘ib qilishdan iborat.
Bibliografiya ishi vazifalari —kitobxonlarning mustaqil o‘qishiga ta’sir etish. Bu vazifani amalga oshirishda kartotekalar, bibliografik qollanmalar, tavsiya xarakteridagi ko‘rsatkichlar yordamida kitobxonlar o ‘qishini
boshqarish, tashkil etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi va zarur hujjatlarni tanlab olishga yordam beradi, undagi bilimni to‘gkri va aniq qabul qilishga yolaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi.
Bibliografiya ishini tashkil etish Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya’ni iste’molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta’minlaydigan axborot markazlari, ma’lumotlar bazasi, banki, aloqa tizimi tushunchasi bilan bog‘liq. Buni anglash uchun quyidagi tushunchalarni alohida ko‘rib chiqamiz:
Axborot markazi —axborotni yig‘ish, analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot.
Axborotni tahlil qilish markazi — aniq bir bilim sohasi bo‘yicha axborotni to ‘plash, yig‘ish, saqlash, baholash, tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo‘lim.
Axborot almashuv markazi— tijorat asosida boshqa markazlar uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug'ullanuvchi axborot markazi.
Bibliografik markaz — bibliografik axborotni ishlab chiqish, tokplash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot markazi. Bundan tashqari, axborot agentliklari mavjud, ular u yoki bu yo'nalishda axborotni qidirish, to'plash, tanlash va tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki shaxslar.