Axborotlashtirish — axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Kutubxonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.
7-ilova
Nazorat savollari .
1. Ma'lumot-bibliografiya xizmati nima?
2. Bibliografik axborot berish- ……
3. Bibliografiya ishi vazifalari nimalardan iborat?
4. Bibliografiya ishini tashkil etish qanday bo’ladi?
5. Axborotni tahlil qilish markazi qanday bo’lim?
6. Bibliografik markaz deb nimaga aytiladi?
8-ilova
Uyga vazifa: “Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni. Bibliografiya ishini tashkil etish” mavzusida mustaqil ish tayyorlash.
Kelgusi mashg’ulot: A.Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va bibliografiya markazi sifatida.
38- mavzu: Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni. Bibliografiya ishini tashkil etish.
Reja:
Bibliografik ishning vazifalari.
Bibliografik ishning mazmuni
Bibliografiya ishini tashkil etish.
Kutubxonalar faoliyatining katta qismini bibliografiya ishi tashkil etadi. Ishning hajmi, kolami, uning tashkil etilishi, bibliografik xizmat shakllariga ko‘ra ular bir-biridan farq qiladi. Bu kutubxonalarda kitob fondi mazmunini ochib berish, undan
kitobxonlarning faol foydalanishini ta ’minlash uchun turli xil bibliografik vositalar yordamida ma’lumot bibliografiya xizmatini tashkil etishdan iborat. Bu ma’lumot-bibliografiya apparatini tashkil etish va ma’lumot-bibliografiya xizmatini uyushtirish bilan amalga oshiriladi. Ma'lumot-bibliografiya xizmati— har xil kitobxonlik so‘roqlarini bajarish, ularga imkon qadar keng ma’lumotlar
berish. Bibliografik axborot berish — kitobxonlarning doimiy so‘roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat kobrsatish, axborot va kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ‘ib qilishdan iborat.
Bibliografik ishni tashkil etishni-ng asosi kutubxona fondi va ma’lumot-bibliografiya apparatidir. Bibliografiya ishi vazifalari —kitobxonlarning mustaqil o‘qishiga ta’sir etish. Bu vazifani amalga oshirishda kartotekalar, bibliografik qollanmalar, tavsiya xarakteridagi ko‘rsatkichlar yordamida kitobxonlar o ‘qishini
boshqarish, tashkil etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi va zarur hujjatlarni tanlab olishga yordam beradi, undagi bilimni to‘gkri va aniq qabul qilishga yoMlaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi (har doim jamiyat fan va texnikaning rivoji tufayli taraqqiy topgan, bu esa ana shu fan va texnikani boshqaruvchi, ishlab chiquvchi mutaxassis kadrlarning bilimini oshirishga bogliq,
bunda bibliografiya yordamga keladi). Bibliografiya yordamida mutaxassis zarur adabiyotlarni qidirib topadi, tanlaydi, u bilan ishlaydi, eng asosiysi, adabiyot tanlashda murakkabliklarga uchramaydi.
Dostları ilə paylaş: |