Pedagogika fakulteti


Tadqiqotning tajriba maydonlari



Yüklə 88,14 Kb.
səhifə4/16
tarix03.06.2022
ölçüsü88,14 Kb.
#60565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
52315-converted

Tadqiqotning tajriba maydonlari.


Eksperimentlar Farg`ona viloyati Yozyovon tumanidagi 26-maktabning 4- sinflarida o`tkaziladi.

Tadqiqotning yangiligi.


- Boshlang‟ich sinflarda unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o‟rgatish jarayonida o`quvchilarning o`quv faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bilan bog`liq metodik ishlarni ishlab chiqildi;
-o`quvchilar bilimini uzluksiz nazorat qilish usuli ishlab chiqildi;
-didaktik o‟yinlarning turli shakl va mazmunli variantlari yaratildi va amaliyotga tatbiq qilindi;
-o`quvchilarning ona tilidan o`quv faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha yaratilgan va tavsiya etilayotgan metodik ishlar ta‟lim-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshiradi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati.


Boshlang‟ich sinflarda unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o`rgatish yuzasidan ishlab chiqilgan metodik ishlar yordamida darsning tashkil etilishi bilim olishni yengillashtiradi, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatadi;Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni o„qishga o`rgatish ta‟limning keyingi bosqichlarida fanlarni yaxshi o`zlashtirilishini ta‟minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibi quyidagilardan iborat: “Kirish“,2 bob, “Xulosa“ va “Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati”, 65 bet, 12380 ta so`zdan iborat.

BIRINCHI BOB




Unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o`rgatish darslarini tashkil etishning nazariy va metodik asoslari



    1. O`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o`rgatishdagi muhim nazariy bilimlar.

Endigina maktabga qadam qo`ygan bolaga savod o`rgatish judayam murakkab va mas‟uliyatli jarayon. Savod o`rgatishda asosiy o`quv quroli “Alifbe” darsligi hisoblanadi. Dastlab maktabga qadam qo`ygan bolaning uzoq davom etadigan mashg`ulotlarga ko`nikishi qiyin bo`lib, tez toliqadi. Chunki, u kechagina o`ynab yurgan bola edi. O`yinqaroq bolalarni ilm olamiga olib kirishda asosiy manbaa “Alifbe” darsligidir. “Alifbe" darsligi barcha millatlarda mavjud bo`lib, turlicha nomlanadi. Masalan, ruslarda “Bukvar”, qirg`izlarda “Alippe” kabi. Grafikadagi harf-tovushlar soni, murakkablik jihatlariga qarab darsliklarda soatlar belgilanadi. Masalan, rus tilida 33 ta harf borligi uchun 1,2,3-chorak davomida “Bukvar” , o`zbek tili alfabitida 29 ta harf borligi uchun 2 chorak davomida “Alifbe" darsligi o`rganiladi. Bu davr savod o`rgatish jarayoni xisoblanadi. Savod o`rgatish davrida asosiy darslik “Alifbe" kitobidir.


“Alifbe" darsligini pedagogik-psixologik jihatdan ahamiyatini o`rganib chiqsak.
“Alifbe" darsligi 6-7 yoshli bolalarning fiziologik va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Darsliklarni, jumladan, savod o`rgatishning asosi bo`lgan “Alifbe" darsligini takomillashtirish davr talabidir. Takomillashtirish darslikning metodik qurilishiga, mazmuniga, g`oyaviy yo`nalishiga birdek aloqador bo`lib, bunda avvalo didaktikaning umumiy hamda xususiy mezonlariga asoslaniladi.
Umimiy mezonlariga:
-g`oyaviylik;
-bayonning ilmiyligi, tushunarliligi;
-ko`rsatmalilik;
-onglilik;
-o`quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi;
-bolalar yoshi va dunyoqarashi, o`ziga xos ruhiy xususiyatlari bilan bog`liq qator didaktik talablar kabi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995- yil 6,7- mayda o`tgan majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi» hamda uni hayotga joriy qilish to`g`risidagi qonun va qarorga o`zgarishlar kiritildi. Bu esa savod chiqarishda ya‟ni o`qish-yozishga o‟rgatishda ancha qulayliklarga olib keldi. Chunki kirilldagi 35 harf o`rniga 26 harf, 3 nutq tovushi (ng, ch, sh) harf birikmasi, hammasi bo`lib 29 ta harf va “tutuq” belgisi qabul qilindi. Shu harflarning 6 tasi unli tovushni, 24 tasi undosh tovushlarni bildiradi. Kirilldagi 10 ta unli harf 6 taga keltirildi.
Dastur talablarini to„liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o„qish ko„nikmalarini to„g„ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O„qish ko„nikmalari savod o„rgatish jarayonida shakllanadi, o„qitishning keyingi bosqichlarida takomillashtiriladi.
O„qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to„g„ri, tez, ongli va ifodali o„qish kiradi. O„qish darslarida o„quvchilarning o„qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O„qish malakasining sifatlari o„zaro bog„liq bo„lib, ularning asosi ongli o„qish hisoblanadi. O„quvchi matnni tez va to„g„ri o„qisa-yu, anglab o„qimasa yoki uning tez o„qishi natijasida o`zi va boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to„g„ri o„qisa-yu, o„ta sekin o„qisa, nutq birliklari orasida to„xtamlarga e'tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to„g„ri o„qish ongli o„qishga xizmat qiladi, to„g„ri, tez va ongli o„qish esa ifodali o„qishning asosi hisoblanadi.
O„qish malakalarini egallash maktabda o„qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o„zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O„qish o`quv faoliyatning asosiy turi bo„lib, o„quvchilarni g„oyaviy - siyosiy, aqliy, estetik va
nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o„qish malakalarini o„stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
O„qish malakasini egallash ancha murakkab bo„lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruxshunos olim T. G. Yegorov o„zining «Ocherki psixologi obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o„qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o„rgatish davriga to„g„ri keladi, bunda so„zni bo„g„in - harf tomonidan tahlil qilish va bo„g„inlab o„qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so„zni sidirg‟a o„qish xarakterlidir; bunda so„zni ko„rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so„z ma'nosini anglash bilan asosan mos keladi. O„qish so„z ma'nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O‟quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o„tadilar. Bundan keyingi yillarda o„qish avtomatlasha boradi.
O„qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o„qish malakalarini takomillashtirishga yo„naltirilgan bo„lsin.
O„qish ko„nikmalaridan biri to„g„ri o„qishdir. To„g„ri o„qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o„qish tushuniladi, ya'ni to„g„ri o„qish so„zning tovush- harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, so„zdagi tovush yoki bo„g„inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo„shmay, harflar o„rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so„zga urg„uni to„g„ri qo„yib o„qish hisoblanadi. M. Odilova va T. Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me'yorlariga qo„yilgan barcha talablar to„g„ri o„qish ko„nikmasiga ham taalluqlidir», - deb ta'kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to„g„ri o„qishga quyidagicha ta'rif bergan: «To„g„ri o„qish - bu materialni tovush tomondan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko„chirishdir». Demak, to„g„ri o„qish so„zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy - orfoepik me'yorlar asosida o„qishdir.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o„rtasida puxta sintez yo„q bo„lgani uchun ular o„qishda xatoga yo„l qo„yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.
To„g„ri o„qish so„zning uzun -qisqaligiga, o„quvchining so„z boyligiga, ya'ni so„zning leksik ma'nosini qanchalik bilishiga hamda so„zning bo„g„in va morfemik tarkibiga bog„liq. O„quvchilar ko„pincha quyidagi sabablarga ko„ra xatoga yo„l qo„yadilar:

      1. So„zni talaffuz qilish bilan uning ma'nosini tushunish o„rtasida puxta sintez bo„lmagani uchun bola so„zning oldin tovush tomonini ko„radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So„zning ma'nosini esa e'tibordan chetda qoldiradi.

      2. So„z ko„p bo„g„inli bo„lib, bola uni oldin eshitmagan bo„lsa, xatoga yo„l qo„yadi.

      3. So„zning ma'nosini bilmaslik tufayli xatoga yo„l qo„yadi.

      4. Tez o„qiyman deb xatoga yo„l qo„yadi.

      5. To„g„ri o„qish yorug„likka va yorug„likning tushishiga ham bog„liq.

      6. Undosh tovush so„zning o„rtasida va oxirida kelgan yopiq bo„g„inli so„zlarni o„qishda qiynaladilar.

Xato o„qishning oldini olish uchun quyidagilar e'tiborga olinadi:

  1. Matnni o„qitishdan oldin undagi o„qilishi qiyin so„z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so„zlarni bo„g„inlab o„qilishini mashq qildirish.

  2. Matnni o„qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so„zlarning lug„aviy ma'nosini tushuntirish. So„z ma'nosini izohlash usullarini aniqlash.

  3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.

  4. Matnni diqqat - e'tibor bilan o„qishlari uchun sharoit yaratish.

  5. Oldin ichda o„qitish, so„ng ovoz chiqarib o„qitish.

  6. O„qitishda o„quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya'ni matnni oson, o„rtacha qiyinlikda va qiyin o„qiladigan o„rinlarini belgilab olib, unga kuchi yetadigan o„quvchilarga oldindan taqsimlab berish.

  7. O„quvchilarning o„qishini muntazam tekshirib turish.

  8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to„g„ri tuzatish yo„lini aniqlash.

  9. O„quvchilarni xato qilish mumkin bo„lgan o„rindan ogohlantirib turish.

  10. Xat cho„pdan foydalanish.

  11. Xato o„qish o„quvchining shaxsiy ko„ruv sezgisiga bog„liq bo„lsa, bu jihatni ham hisobga olish.

O„qituvchining tuzilishi murakkab so„zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga bo„g„inlarga bo„lib yozib qo„yib, o„quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o„qitishi yaxshi natija beradi.
O„quvchilar yo„l qo„ygan xato ikki xil yo„l bilan tuzatiladi:

  1. O„quvchi so„z oxiridagi qo„shimchani noto„g„ri o„qisa, o„quvchini o„qishdan to„xtatmasdan xatoni to„g„rilash mumkin.

  2. Xato o„qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o„qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o„quvchiga o„qigan matni yuzasidan savol berilsa, o„quvchi e'tiborli bo„lib qayta o„qiydi.

O„qish ko„nikmalaridan biri tez o„qishdir. Tez o„qish me'yoriy tezlikda o„qish bo„lib, bunda o„qish sur'ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O„qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o„sib borishi lozim. O„qilayotgan asar mazmunini o„zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta'minlaydigan o„qish tez o„qish deyiladi.
O„qish sifatlarini yaxshi o„zlashtirgan holda o„quvchilarning o„qish sur'ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og„zaki nutq tempiga to„g„ri keladigan o„qish sur'ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o„ta tez ham, o„ta sekin o„qish ham matn mazmunini o„zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O„qish tezligi bir daqiqada o„qiladigan so„zlar soni bilan belgilanadi. O„qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o„qish sur'ati 20-25 so„z (notanish matnni o„qish tezligi ham 20-25 so„z); o„quv yili oxirida 25-30 so„z; 2-sinfning 1- yarim yilligida matnni o„qish tezligi 30-35 so„z; 2-yarim yilligida 40-50 so„z; 3- sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so„z; 2-yarim yilligida 70-80 so„z; 4-sinfning 1-
yarim yilligida ichda ovozsiz 110-130 so„z, ovozli o„qishda 90-100 so„z deb belgilangan.
Tajribalar shuni ko„rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so„zli matnni o„qisa, undagi 200 ta so„zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo„g„inlab o„qisa, uning diqqat markazida so„z emas, bo„g„in bo„ladi. Natijada u so„zlarni eslab qola olmaydi.
Bu 4-sinf o„quvchilarining o„qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so„zdan 100 so„zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko„rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4- sinfda bir daqiqada 170-180 ta so„z o„qiydigan o„quvchilar ham bor.
O„qish tezligi to„rt yil davomida to„g„ri va ongli o„qish bilan bog„liq holda asta ortib boradi. O„qish tezligini tekshirganda o„qituvchi o„qiladigan materialning xarakterini, ya'ni g„oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so„z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o„qishning to„g„ri va ongli bo„lishini hisobga oladi. O„quvchilarning o„qish tezligi har xil bo„ladi, albatta. O„qituvchining vazifasi barcha o„quvchilarning o„qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O„qish sur'atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o„qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi.
O„qish ko„nikmalaridan biri ongli o„qishdir. Ongli o„qish yaxshi o„qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o„qish o„qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g„oyaviy yo„nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o„qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea - hodisalarga o„z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o„qish o„z navbatida, o„quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so„zning leksik ma'nosini, gapda so„zlarning bog„lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog„liq. Hozirda ongli o„qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma'noda: birinchidan, o„qish jarayonini egallashga nisbatan o„qish texnikasi ma'nosida, ikkinchidan, keng ma'nodagi o„qishga nisbatan o„qish sifatlaridan biri ma'nosida qo„llanadi.
Matnni ongli o„qish uchun o„quvchilar to„g„ri, me'yorida o„qishni egallagan bo„lishlari va o„qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O‟quvchilar matnni ongli o„qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ongli o„qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. O„qituvchi ongli o„qishni matnni ifodali o„qishga (agar ovoz chiqarib o„qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to„g„riligiga, asar voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o„qish va ifodali o„qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o„xshamaydigan o„qish sifatlaridir.
O„qish ko„nikmalaridan biri ifodali o„qishdir. Ifodali o„qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g„oyasi va jozibasini to„g„ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. «Ifodali o„qish adabiyotni aniq va ko„rgazmali o„qitishning dastlabki va asosiy shaklidir», deb ta'kidlaydi metodist olima M.A.Ro`bnikova. Demak, «Ifodali o„qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o„quvchilarga ko„rgazmali qilib ko„rsatishdir. Ifodali o„qishning asosiy tamoyili o„qiladigan asar g„oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir».
Intonatsiya og„zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg‟u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig„indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta‟sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g„oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.
O„quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:

  1. Nutq jarayonida nafasni to„g„ri olish va to„g„ri taqsimlay bilish.

  2. Har bir tovushning to„g„ri artikulyatsiyasi va aniq diktsiya (burro gapirish) malakasini egallash.

  3. Adabiy talaffuz me'yorlarini egallash.

Bu shartlar faqat ifodali o„qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya'ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O„quvchining har qanday og„zaki hikoyasi ifodali bo„lishi zarur.
Ifodali o„qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog„lanadi. Shuning uchun o„qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o„z nafasini boshqara olish va ovozdan to„g„ri foydalanishga
o„rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‟quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o„qish(gapirish)ga, nutqda tez, o„rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg‟uni ifodalashga o„rganadilar. Ifodali o„qishga o„rgatishda o„quvchilar pauza va logik urg‟u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o„qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo„linadi:

  1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti- harakatini tahlil qilish, asarning g„oyasini belgilash, ya'ni asarning g„oyaviy- mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

  2. Matnning qaysi joyida to„xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg„uning o„rnini, o„qish tempini belgilab olish.

  3. O„qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea- hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o„qish.

Asarning mazmuni va g„oyaviy yo„nalishini tahlil qilish ifodali o„qishga o„rgatish bilan bog„lab olib boriladi. Ifodali o„qishga o„rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o„z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‟quvchilarda ifodali o„qish malakasini shakllantirish uchun asarni o„qituvchining ifodali o„qishi muhim ahamiyatga ega.



    1. Yüklə 88,14 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin