Pedagogika fakulteti


BIRINCHI BOB BO`YICHA XULOSA



Yüklə 88,14 Kb.
səhifə7/16
tarix03.06.2022
ölçüsü88,14 Kb.
#60565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
52315-converted

BIRINCHI BOB BO`YICHA XULOSA



  1. O`quvchilarga dastlab tovush va harf tushunchlarini farqini amaliy misollar orqali o`rgatish lozim;

  2. O`zbek yozuvi tovushli, aniqrog`i fonemali yozuvdir. Har bir fonemaning harfli belgisi - grafikasi bor. O`qishda grafik belgilar-harflarni tovushga aylantirish bosqichi, yozuvda esa tovushni harfga aylantirish bosqichi bo`lib, bu o`quv rejasida haftasiga 4 soat o`qish, 4 soat yozuv darslari tarzida belgilangan.

  3. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tasdiqlagan umumiy o`rta ta‟lim maktablarining 1-sinfi uchun 2017-yil nashr qilingan “Alifbe" darsligidan foydalaniladi. Mualliflar R..Safarova, M.Inoyatova, M.Shokirova va L.Shermamatovalar bo`lib, qayta ishlangan 14-nashridir.

  4. O„quvchilarni o„qishga o„rgatish, ularning o„qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o„qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o„qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.

  5. Diktsiya ustida ishlash texnologiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi: 1. Baland talaffuzni mashq qilish. 2. Talaffuz tempini mashq qilish. 3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o„quvchilar qiyinchilik bilan yoki noto„g„ri talaffuz qiladigan so„zlarni qayta talaffuz qilish. 4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilish. 6.Analiz mashqlari bilan o`qishga o`rgatishda kesma bo`g`inlar bilan ishlash texnologiyasi o`qituvchiga ancha engillik beradi va ko`rgazmalilikni ta`minlaydi.

  1. Sintez mashqlarini tashkil etish texnologiyasi o„quvchilarning o„qish ko„nikmalarini shakllantirishga katta yordam beradi.

IKKINCHI BOB




Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatishda qo`llanadigan texnologiyalar



    1. Savod o`rgatish tayyorlov davrida to`g`ri o`qish va yozishga o`rgatish ishlarini amalga oshirish usullari

Savod o`rgatish davri sentabrdan dekabrgacha 4 oy davom etadi. Savod o`rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo (asosiy) davrga ajratiladi.
Tayyorlov davri ikki bosqichga bo`linadi:
Nutq, gap, so`z, bo`g„in amaliy o`rganiladigan bosqich;
Tovush, unli va undosh tovushlarni amaliy farqlashga o`rgatiladigan bosqich5.
Savod o`rgatish tayyorlov darslari o`quvchilar matnni gaplardan tuzilishini, gapni so`zlardan tuzilishini, so`zning bo`g„inlarga bo`linishini, bo`g„in va so`zning tovushlarning muayyan tartibidan hosil bo`lishini, tovushlarni talaffuziga ko`ra farqlash bo`yicha mashqlar bajaradilar.
Alifbegacha tayyorgarlik davridagi mashqlar alifbe davrida darsni yanada samarali olib borish uchun zamin yaratadi. Tayyorgarlik davridanoq o`quvchilar o`qish ko`nikmalarini egallashga tayyorlab boriladi. Bu davrda o`quvchilar ko`rganlari, eshitganlari haqida so„zlab beradilar. Masalan, “Mutsaqil O`zbekitson“ mavzusida o`qituvchi bergan savollar asosda gaplar tuzib, o`z fikrlarini bayon etadilar. Bu o`quvchilarning nutqiy ko`nikmalarini o`rganish va undagi xato-kamchiliklarni barataraf etish bo`yicha ishlarni tashkillash imkonini beradi. O`quvchilar nutqida tovushlarni buzib talaffuz qilish holatlari, sheva ta‟siri, ovozini boshqara olmaslik, nafasni to`g`ri olish va to`g`ri sarflay olmaslik kabi nuqsonlar, bu nuqsonlar tufayli bolada yuzaga kelgan tortinchoqlik kabilar ularning o`qish ko`nikmalarini egallashlariga to`sqinlik qiladi.


5 K.Qosimova va n. Ona tili o`qitish metodikasi. –T., Noshir. 2009. 32-bet.
“Mutsaqillik bayrami“, “Bilimlar kuni“iga bag`ishlangan darsdayoq sintetik mashqlar amalga oshriladi. O`qituvchi rasm asosida o`quvchilarga savollar beradi va savollarga olgan javoblari bir butun hikoyani hosil qilishini o`quvchilarga tushuntiradi. Masalan:

  • Vatanimizda qanday kunni nishonlayapmiz?

  • Mustaqillik bayramida bolalar nima qildilar?

  • Vatan haqida she`rlardan aytib bering.

Vatan mavzusida o`quvchilarga she'rlar ayttiriladi. Masalan:
Shodligim ko`kka sig`mas, Bitmas baxtim bor manim. Meni baxtiyor qilgan,
Shu yengilmas Vatanim. (Zafar Diyor)
Vatanim - quyosh, Boshimni silar.
U menga ko`z-qosh, Iqbolim tilar.
Quvnab erkin-shod, Bo`laman katta.
Baxt bor umrbod,
Tinch mamlakatda. (Obid Rasul)

Maqollar o`rgatiladi. Masalan: Bulbul chamanni sevar, Odam Vatanni sevar.

Vatani borning - baxti bor. Mehnati borning – taxti



Darsni qiziqarli tashkil etish uchun topishmoqlar toptiriladi:


Sirti tayoq, Ichi bo`yoq.
O`quvchilar eshitgan va ko`rgan ertaklar so`zlatiladi.

Ikkinchi darsda maktab, maktab hovlisi tasvirlangan rasmlar asosida o`quvchilarga gaplar tuzdiriladi. Yoki kun tartibi tasvirlangan rasm asosida suhbat uyushtiriladi. O`quvchilar tuzgan gaplar to`plami nutq ekani va nutq gaplardan tuzilishi haqida elementar ma‟lumot beriladi. Bunda gapning nusxalaridan foydalaniladi. Masalan:
-Siz soat nechada uyqudan uyg`onasiz? - ?
-Men soat 7-00 da uyqudan uyg`onaman. - .
-Soat 7-00 da nima ish qilasiz? - ?

  • Soat 7-00 da o`rnimni yig`aman. - .

-Soat 7-05 da nima ish qilasiz? - ?
-Soat 7-05 da jismoniy tarbiya bilan shug`ullanaman. - .
-Soat 7-15 da nima ish qilasiz? - ?
-Soat 7-15 da nonushta qilaman. .
-Soat 7-30 da nima ish qilasiz? - ?
-Soat 7-30 da maktabga otlanaman. - .
-Soat 5 daqiqasi 8 da sinfda o`tiraman. - .
O`quvchilarga “Nutq nimalardan tuzilar ekan?“, “Nutqni nimalarga ajratsak bo`ladi?“ savollari beriladi.
Shundan so`ng gap haqida amaliy ma‟lumot beriladi: Gapning boshlanishini burchakli chiziq bilan belgilaymiz. Burchak gapning boshlanishini bildiradi. Gapning tugaganligini tinish belgilar bilan ko`rsatamiz. Bu - nuqta (. ) Bu – so`roq (?) belgisi.
Tayyorlov davrida o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirishga oid ta‟limiy ishlar amalga oshiriladi, ya'ni o`quvchilar rasmlar asosida hikoya tuzadilar, rasm mazmuniga mos sarlavha topadilar. O`quvchilarga topishmoq, maqol, hikmatli so`zlar yodlatiladi. Ular asosida gap haqida ma‟lumot mustahkamlanadi.
Tayyorlov davrida o`quvchilarga so`z haqida amaliy tushuncha beriladi. O`quvchilarga “Darsda nimalardan foydalanamiz?“ savoli beriladi. Ularga o`quv qurollari rasmi ko`rsatiladi. Quyidagi savollar beriladi:
-Bu – nima?
-Bu – kitob.
-Siz nima aytdingiz?
O`quvchi bu savolga javob bera olmaydi. Shunda o`qituvchi “Siz so`z aytdingiz. Kitob – bu so`z“ deb yangi ma‟lumotni tushuntiradi.
-Bu – nima?
-Bu – daftar.
-Siz nima aytdingiz?
-Men so`z aytdim.
-Kitob, daftar nima ekan?
-So`z ekan.
Doskaga so`zning nusxasi chizib ko`rsatiladi:
-Kitob, daftar – nima?
-Kitob, daftar –o`quv qurollari.
-Siz nima aytdingiz?
-Biz gap aytdik.
-hozir men siz aytgan gapning nushasini doskada chizaman: , -
.
-Gapda nechta chiziq bor? Ular nimani bildiryapti?
-Gapda to`rtta chiziq bor. Ular so`zlar.
-Gap nimadan tuzilar ekan?

  • Gap so`zlardan tuzilar ekan.

-Gapni nimalarga ajratish mumkin ekan?
-Gapni so`zlarga ajratish mumkin ekan.
Doskaga men gap yozdim. Aniqlang, gapda nechta so`z bor?

  • Kuzating, nechta so`zli gap aytishingiz kerak?

-O`quv quroli haqida bitta gap ayting. Doskaga o`shanisini chizing. Shu tarzda so`z haqida ma'lumot beriladi.
Tayyorlov davrida o`quvchilarga bo`g„in haqida amaliy tushuncha beriladi. Bu tushuncha amaliy bo`lishidan qat'iy nazar bola uni egallamasa, o`qishni
o`zlashtirishi juda qiyin va uzoq vaqtni oladi. Bola bo`g`in, bo`g`inga bo`lishni bilmasa, so`zda bo`g`inlar chegarasini aniqlay olmasa, so`zni bo`g`inlab o`qiy olmaydi. Shuning uchun bo`g`in haqida tushuncha hosil qilish usularidan o`qituvchi to`g`ri foydalanishi kerak. Tayyorlov davrida va alifbo davrida ham darslik sahifasida uchragan, tuzilishi bola uchun biroz bo`lsa-da, qiyinlik qiladigan so`zlarni albatta bo`g`inga bo`ldirish va bo`g`inlab o`qishni mashq qildirish kerak. Bu bo`g`in chegarasini bilmaydigan bolalar uchun namuna va bilish vositasi sanaladi.
Masalan, tayyorlaov darsida rasmlar berilgan. Bolalaga shu rasm nomi ayttiriladi. Shu paytda uning nomi bo`g`inga bo`ldirilishi kerak.
Bo`g`inga bo`ldirishda so`zning bo`g`inga bo`lish nusxasidan foydalanish lozim. Bu ko`rgazmalilik demakdir. Masalan, olma: , olxo`ri:
Tayyorlov davrida o`quvchilarga tovush, unli va undosh tovushlar haqida amaliy tushuncha beriladi. Tovushlar uchun qabul qilingan katakchalardan foydalaniladi: Olma













Tayyorlov davrida tovush, unli va undosh tovushlarni farqlash ko`nikmasi ustida ishlash so`zni bo`g„inga bo`lishdan boshlanadi. Bu mashq so`z tarkibida va so`zdan tashqari tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatadi. Bu ham o`z navbatida o`qishni egallashga o`z ta'sirini ko`rsatadi. Tovush utsida ishlash mashqlarida ularning to`g`ri artikultsiyasi utsida ishlash muhim sanaladi.


Tayyorlov davrining tovush va harf o`rganiladigan bosqichida faqat Oo tovush va harfi bilan tanishtiriladi. Bunda quyidagicha analitik mashq tashkil qilinadi:

    1. O o tovushi bilan tanishtirish.

Oy rasmi ko`rsatiladi va nomi so`raladi.
Oy so`zida o tovushi cho`zib talaffuz qilinadi. O-o-o-o-o---y
Qaysi tovush cho`zib aytilayotgani so`raladi. Doskaga bir katak chiziladi.
Ichi qizil bilan bo`yaladi.
O`qituvchi o tovushini yana cho`zib talaffuz qiladi va og`iz bo`shlig`ini o`quvchilarga kuzatishlarini aytadi.
So`ng o`quvchilarga o tovushi cho`zib talaffuz qildiriladi. O tovushining xususiyatlarini aytadi: Og`izda to`siqqa uchramaydi. Cho`zib talaffuz qilinadi. Shuning uchun o tovushi unli tovush sanaladi.
Keyin ikkinchi tovush ustida ishlanadi, uning talaffuzi o tovushi bilan taqqoslanadi. Doskaga so`zning sxemasi chiziladi.

o tovushining so`zdagi o`rni aniqlanadi.


O tovushining talaffuzi ustida yana mashq o`tkaziladi.

  1. O tovushli so`z topish.

  2. O o harflari bilan tanishtirish. Kesma harf ichidan O o harflari olib ko`rsatiladi.

Tayyorlov davrida o`rganiladigan har bir mavzu va o`tkaziladigan har bir mashq turi o`quvchilarni o`qishga tayyorlab boradi.



    1. Yüklə 88,14 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin