Pedagogika fakulteti



Yüklə 88,14 Kb.
səhifə15/16
tarix03.06.2022
ölçüsü88,14 Kb.
#60565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
52315-converted

UMUMIY XULOSA


Bitiruv malakaviy ishga doir nazariy ma‟lumotlarni o`rganish va amaliy xolatini aniqlash, internet tizimidagi ma‟lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagi yakuniy xulosalarni chiqardik:

  1. Har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quv yili boshlanishidan oldin “Alifbe” darsligi bilan tanishib, savod o`rgatish jarayonidagi yangilik, o`zgarishlardan xabardor bo`lishi kerak.

  2. Jadidlardan S. Saidazizov, M.Behbudiy va A.Avloniylar xalqni savodini chiqarishga moslab darsliklar yaratishgan.

Birinchi marta tovush metodi asosida toshkentlik Saidrasul Saidazizov 1902 yilda "Ustodi avval" ni yaratdi. "Ustodi avval" nashr qilingandan keyin o`zbekcha xat- savod o`rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o`rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o`qitishni osonlashtirdi, ta‟limni bola tushunadigan, anglaydigan ta‟limga, faol ta‟limga aylantirdi.
"Ustodi avval" 3 bo`limdan iborat: 1-bo`lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir.

  1. Har bir inson hayotida savod o‟rgatish jarayoni ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega muhim davrdir. Savod o`rgatish murakkab jarayon bo`lib, unda asosiy o`quv manbaa “Alifbe” darsligidir.2010-2017- yillarda nashr qilingan“Alifbe” darsligi davr talabiga mos takomillashib, juz‟iy va metodik xatolar tog`rilangan.

  2. “ Alifbe” darsligida jami-29 ta harf, 30 ta tovush haqida ma‟lumotlar berilgan bo`lib, tovush -harflar quyidagi tartibda berilgan: O,n,a,i,m,t,l,b,k,r,o`,d,u,y,e,g,ng,s,h,sh,p,q,ch,j,g`,z,v,x,f,‟(tutuq belgisi).

Darslikda unlilar quyidagi tartibda:o,a,i,o`,u,e; Undoshlar: n,m,t,l,b,k,r,d,y,g,ng,s,h,sh,p,q,ch,j,g`,z,v,x,f.
Sonor tovushlar-n,m kabilar bilan bo`g`in xosil qilish bolalarga yengilroqligi xisobga olingan.

  1. Birinchi sinflarda tovushlarni o`rgatish - tovushni harfga, harfni tovushga aylantirish - aqliy faoliyat murakkab jarayon bo‟lib, uni tovushni harfga, harfni tovushga «tarjima qilish» deb tushunish kerak. O`qitishning bu usuli tahlil-tarkib tovush metodi asosida amalga oshiriladi.

  2. Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan bo‟lib, S.P. Redazubov tomonidan mukammal ishlangan. Bu usul o`zbek olimlaridan K. Abdullayeva, K.Qosimova, Y.AbdullayevaIar toinonidan yoritilgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Tahlil- tarkib tovush metodi deganda nutqdan gapni, gapdan so`zni, so`zdan bo`g`inni, bo`g`indan so`z, so`zdan gap, gapdan nutq anglashiladi.

Maktab ta`limida qatоr fanlarni o`zlashtirishda o`quvchining matnlarni ravоn, tez o`qishi hal qiladi. O`quvchi savоd chiqarish davrida har bir harf-tоvushni o`zlashtirgan bo`lsa, to`g`ri, ravоn, оngli o`qish malakalarini egallasa, tushunib o`qish malakasiga ega bo`ladi.

  1. “Alifbe” darsligidagi “ tovush –harf” lar ta‟lim tamoyillariga rioya qilingan xolda soddadan murakkabga tomon berilgan. Dastlab unlilar (o,a), sonor undosh tovushlar (n,m), tarzida ilmiylik, izchillik, ko`rgazmalilik, tushunarlilik, mustahkamlilik kabi ta‟lim prinsiplariga rioya qilingan holda, barcha bosqichga mos nazariy ma‟lumot va amaliy ko`nikma hosil qiladigan topshiriqlar berilgan.

  2. Savod o`rgatishda analiz-sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o`qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko`proq o`qish malakasini shakllantiradi.

  3. “ Alifbe” darsligi orqali o`quvchilarga ona tilining fonetika, orfografiya, leksikologiya, orfoepiya kabi bo`limlariga doir ilk tushunchalar o`rgatiladi.Darslik asosida bolalarda tarbiyaning barcha turlari: ma‟naviy-axloqiy, estetik, ekologik va iqtisodiy kabilar rivojlantiriladi.

  4. ”Alifbe“ darsligidagi rasmlar va matnlar o`quvchilarning so`z boyligini oshiradi, nutq odobi kabi fazilatlarni shakllantiradi .

  5. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni tovush - harf bilan tanishtirishga doir analitik mashqlarni tashkil etishning ahvolini qoniqarli deb bo`lmaydi. Shuning uchun kesma harf va kesma bo`g`in bilan ishlash texnologiyalarini ishlab chiqib amaliyotga tavsiya qilishi maqsadga muvofiq.

  6. O„quvchilarni o„qishga o„rgatish, ularning o„qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o„qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o„qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.

  7. Diktsiya ustida ishlash texnologiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi: 1. Baland talaffuzni mashq qilish. 2. Talaffuz tempini mashq qilish. 3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o„quvchilar qiyinchilik bilan yoki noto„g„ri talaffuz qiladigan so„zlarni qayta talaffuz qilish. 4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilish.

  8. Analiz mashqlari bilan o`qishga o`rgatishda kesma bo`g`inlar bilan ishlash texnologiyasi o`qituvchi ancha yengillik beradi va ko`rgazmalilikni ta`minlaydi.

  9. Sintez mashqlari tashkil etish texnologiyasi o„quvchilarning o„qish ko„nikmalarini shakllantirishga katta yordam beradi.

Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda quyidagi uslubiy tavsiyalarni ilgari surishga imkon yaratildi:

  1. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o’rgatish metodikasiga doir ma‟ruzalar, trening, seminarlar tashkillash;

  2. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun “Unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o’rgatishning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida uslubiy qo`llanma yaratish;

  3. Maktadagi uslubiy birlashmalarda unli va undosh tovushlarni o`rgatishga doir videolavhalar va multimedialarni targ`ib qilish;

  4. Mahoratli, tajribali o`qituvchilar va yosh o`qituvchilar o`rtasida ustoz- shogird tizimini yanada shaklllantirish;

  5. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini savod o`rgatish jarayonlarini kuzatib, “Eng mahoratli o`qituvchi” konkursini tashkillash;

  6. Bo`lajak o`qituvchilar va boshlang`ich sinf o`qituvchilari bilan “Alifbe darsligini o`rganamiz “ mavzusida ilmiy maqola, tezislar yozish;

  7. Pedagoglarni bajargan ishlarini tahlil qilishga, umumlashtirishga va korreksiya etishga (to`g`rilashga )o`rgatish.

  8. O„quvchilarning o„qishga o`rgatishda quyidagi mashqlar turlari texnologiyalaridan foydalanish lozim:

    1. badiiy matndagi ma‟nosi notanish so„zlarning ma‟nosini izohlash va o`qishni mashq qilish texnologiyasi;

    2. bo„g„in tuzilishi murakkab so„zlarni doskaga yoki kartonga bo„g„inlab yozib qo„yish va o„qishni mashq qildirish texnologiyasi;

    3. turli topshiriqlar asosida o„qishni mashq qildirish texnologiyasi;

    4. 1-sinfda xo`r bo„lib o„qish texnologiyasidan foydalanish;

    5. rollarga bo„lib o„qitish: oldin tez, keyin sekin o„qiydigan o„quvchilar ketma – ketligiga e‟tibor berish texnologiyasi.

Yüklə 88,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin