Pedagogika fakulteti


Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatishda kesma harflar va jadvallardan foydalanish



Yüklə 88,14 Kb.
səhifə8/16
tarix03.06.2022
ölçüsü88,14 Kb.
#60565
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
52315-converted

Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatishda kesma harflar va jadvallardan foydalanish


Ma'lumki, savod o`rgatish jarayonidagi asosiy davrning vazifasi o`quvchilarni tovush va harf bilan tanishtirish, ularning to`g`ri talaffuzini o`rgatish orqali bolalarda bo`g„inlab to`g„ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirishdir. Shuningdek, o`quvchilar lug`atini boyitish, bog`lanishli nutqini o`stirish, bilimini boyitish, tafakkurini, eshitish, qabul qilish sezgisini o`stirish ham shu davrning vazifalariga kiradi.
Asosiy davrda tovush-harf bilan tanishtirish Nn tovush va harfi bilan boshlanadi, o`rganilgan tovush-harflarni o`zaro bog`lab so`z tuzish va o`qish alifbo davri sanaladi. Bo`g„inlardan so`z tuzish va o`qish, so`zlardan gap tuzish va o`qish
mashqlari bajariladi. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo`g„in va so`z tuzishga, ularni o`qishga o`rganadilar. Gap va bog`lanishli matnni ongli, to`g„ri , bo`g„inlab o`qish ko`nikmasini egallaydilar.
Savod o`rgatishning asosiy davri darslarida o`quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko`nikmalari o`stiriladi. Bolalar sinf o`quvchilari oldida gapirishga, o`qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmaganlari va o`zlari qiziqqan narsalar to`g„risida so`rab bilib olishga, o`qiganlarini qayta hikoyalashga, o`zlari kuzatgan, ko`rgan diafilm va kinofilmlar hamda eshitgan va o`qigan hikoya, ertaklarini kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o`rganadilar.
“Alifbe”, tarqatma material va metodik qo`llanmalarda berilgan didaktik o`yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o`tiladi va toliqishining oldi olinadi.
O`quvchilarni o`qishga o`rgatish bo`g„in asosida olib boriladi. Bo`g„inlab o`qishga o`rgatish uchun so`zni bo`g„inga bo`lish, bo`g„in chegarasini aniqlash muhim sanaladi. Savod o`rgatish davrida o`quvchilar so`zlarni bo`g„inlarga to`g`ri bo`la bilsalar, o`qish ko`nikmasini ham yaxshi egallaydilar. Bu analitik mashqlar asosida amalga oshiriladi. O`quvchilar bo`g„inga bo`lish usullaridan foydalanib, oldin so`zlarni bo`g`inga bo`ladilar, so`ng o`qishni mashq qiladilar. Masalan,
Ona borki, Bola bor. Ona borki, Alla bor.
Ona borki,
Olam bor6
she`rini o`qishdan oldin o`qituvchi so`zlar yozilgan kartochkalarni ko`rsatadi. O`quvchilar uni bo`g`inga bo`ladilar:
o-na bor-ki


6 R.Safarova va b. Alifbe. –T., Ma`naviyat. 2017.
bo-la bor
al-la o-lam
O`qishning dastlabki bosqichida orfografik o`qishdan foydalaniladi, asta- sekin orfoepik o`qish ko`nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so`zlar oldin orfografik, so`ngra orfoepik o`qib beriladi va ularning o`qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O`quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo`lganlaridan so`ng orfoepik o`qish mashq qilinadi.
Savod o`rgatishning asosiy davrida analitik mashqlarni ham kesma harf va bo`g„inlar asosida tashkil etish mumkin. Masalan, o`qituvchi utsunchadagi so`zni o`qib beradi, o`quvchilar uni bo`g„inga bo`lib aytadi va kesma bo`g„inlar ichidan har bir bo`g„inni olib ko`rsatadi va o`qiydi. Masalan:
ko`mir O`ktam To`lan O`tkir ko`lmak koklam ko`rkam ko`mak
O`qishga o`rgatish uchun, avvalo, o`quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo`g„indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo`nalishda amalga oshirilishi mumkin:
Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog`lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so`ng kerakli so`z ajratib olinadi, so`ngra so`z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. Masalan, Nn tovush va harfi o`rganiladigan darsda “Non isi“ hikoyatini so`zlab berish mumkin. O`quvchilar hikoyatdan “Ko`nglim non isini tusayotgan edi“ gapini ajratadilar, undan non so`zi ajratib olinib, non so`zi tahlil qilinadi, n tovushining xususiyatlari aniqlanadi.
Bir kuni Xusayn Boyqoro mulozimlariga:
-Mening ko`nglim bir narsa istayapti. U juda xushbo`y narsa. Uning nima ekanligini bilmayapman. Shuni topib keling, deb farmon beribdi.
Mulozimlari unga qalampir munchoq keltrishibdi. Shoh: -Menning ko`nglim istagan narsa bu emas.
Mulozimlar bir dasta gul keltirishibdi. Shoh uni ham rad etibdi.
Shundan so`ng mulozimlar hazrat Alisher Navoiy oldiga borishibdi. U tandirdan yangi uzilgan nonni savatga solib olib borishlarini maslahat beribdi.
Mulozimlar savatda tandirdan yangi uzilgan nonni saroyga olib borishibdi.
Saroy ichi non isiga to`libdi. Shunda shoh:
-Mening ko`nglim tandirdan yangi uzilgan nonni istagan ekan, debdi. So`ng o`quvchilarga rivoyatni so`zlatadi.
Ii tovush - harfi o`rganiladigan darsda ilon haqida Abusaid Ko`chimovning asarida berilgan voqeani so`zlab berish mumkin:
Bir ovchi tog`li yerda ov qilib yurib jarlikka tushib ketadi. U jarlikda bir katta ilon yotgan bo`ladi. Yigit bir necha kun shu jarlikda ilondan qo`rqib yotadi. Ilon jardan chiqib bir joylarga borib kelaveradi. Bora-bora ilon yigitga o`rganib qoladi. Bir kuni yigitni ustiga mindirib jardan chiqaradi.
Yigit o`rtoqlariga bu haqida gapirib beradi. O`rtoqlarining bir sirkchi o`rtog`i bu voqeadan xabar topib, shu ilonni topib ko`rsatishlarini so`raydi. Ilonni tutib olib sirka olib ketadi va u yerda ilon bilan tomoshalar ko`rsatadi.
Kunlarning birida jarda ilon bilan birga bo`lgan bola sirkka boradi. U yerda ilon yigitni tanib qoladi va uning yuzini tishlab oladi.
So„ng u ham o`quvchilarga savol-javob yo`li bilan gapirtiriladi. Shunga o`xshash qiziqarli hikoyalar harf bilan bog`liq holda o`quvchilarga gapirib berilsa, ularni bilimi ham oshadi, nutqi ham o`sadi.

    1. So`z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o`rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O`qituvchi oy rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning nomini - so`zni aytadi. O`qituvchi o tovushini cho`zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganini o`qituvchilardan so`raydi. O`quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyalari haqida savol-javob o`tkaziladi. O tovushli so`zlar o`ylab toptiriladi. Shundan so`ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko`rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor qaratiladi.

    2. O`rganilgan harflar ichiga bugun o`rganiladigan harf aralashtirib qo`yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so`ng o`qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O`quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko`rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o`qishga o`rgatish utsida ishlanadi.

O`quvchining namunali o`qishidan so`ng birgalikda ovoz chiqarib o`qish, yakka-yakka o`qish, shivirlab o`qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o`qiydigan o`quvchilar bo`lgan sinflarda xo`r bilan o`qitish o`qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o`quvchilarining o`qish ko`nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so`zlarni xattaxtada bo`g„inlarga bo`lib yozish, o`rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo`shimcha so`z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o`qitish usulidan ham foydalaniladi.
Ma'lumki, “Alifbe” sahifalarida bo`g„in tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o`qituvchi har bir bo`g„in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to`rt tovushdan tuzilgan bo`g„inlarni o`qishga o`rgatish ham o`ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lov, Man-non tipidagi bo`g„inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi qo`shimcha chiziqdan, bodring, do`st tipidagi bo`g„inlarda bo:d-ri:ng, to`:r:t tarzidagi qo`shimcha chiziqlardan foydalaniladi. Bular analitik mashqlar bo`lib, ular sintetik mashqlar bilan uyg`unlashib ketadi.
So`zlarni o`qishga o`rgatishda bo`g`inlab o`qitishda jadvallar ham yaxshi samara beradi:

ki

tob

lar

“Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O`quvchilar shularga mos ohang tanlashni, to`xtam (pauza) qilish o`rinlarini belgilab olishi zarur. Bunda ham o`qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini


izohlashi) va ifodali o`qish namunasini ko`rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o`qilgan matngina tushunarli tuziladi.
Har bir predmetda bo`lgani kabi savod o`rgatish darslarida ham ta'lim- tarbiya birligiga e'tibor beriladi. Savod o`rgatish darslarida tarbiya o`qilgan matnning ongli o`zlashtirilishiga bog`liq. Birinchidan, o`quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o`zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo`lish uchun o`qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o`qishni ta'minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?

  2. Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog`lanish bormi?

  3. Matn mazmunini rasmga qarab so`zlab bering.

  4. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?

  5. Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?

Mazkur savol - topshiriqlar asosida butunlikni tashkil etuvchi matn va syujetli rasm analitik yo`l bilan, ya'ni analitik mashq asosida tahlil qilinadi va o`zlashtiriladi. Demak, o`qish o`qilganlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g„oya o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi, so`z va matnlar yod olingan taqdirda ham o`quvchiniki bo`lib qoladi.
Ongli o`zlashtirishni amalga oshirishda lug`at utsida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. So`zlarning ma'nosi ustida to`xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi.
She'r, tez aytish, topishmoq, qo`shiq, maqol, hikmatli so`zlardan o`qitish, yod oldirish ham o`quvchilarning o`qishga qiziqishini oshiradi, o`qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Masalan, topishmoq aytilgach, o`quvchilar uning javobini izlayotganda matndagi so`zlarga o`quvchilar e'tibori
tortiladi, ulardan foydalanib javobni topishlari o`rgatiladi. Bu mashq ham analitik mashqqa kiradi.


  1. Yüklə 88,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin