Pedagogika fakulteti



Yüklə 88,14 Kb.
səhifə10/16
tarix03.06.2022
ölçüsü88,14 Kb.
#60565
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
52315-converted

Maqsad: a) talimiy: “T” tovushi bilan tanishtirish. “Tt” harfining bosma va yozma shaklini ularga tushuntirish. So‟z tarkibida t tovushini farqlashga o‟rgatish. So‟zning boshida, o‟rtasida, oxirida kelishiga misollar keltirish.
b) tarbiyaviy: hayvonot olamiga mehr uyg`otish, tabiatni asrashga o`rgatish.
v) rivojlantiruvchi: so‟zlarni bo‟g‟inlab o‟qishga o‟rgatish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars metodi: Analitik-sintetik tovush metodi
Dars jihozi: Kitob, kesma alifbo, rasmli ko‟rgazma, harf kassasi.

Darsning borishi


  1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish;

  2. davomatni aniqlash;

  3. o‟tirish qoidalari va o‟quvchilarni nazorat qilish;

  4. o`quvchilarning darsga hozirligini aniqlash;

  5. haftaning kunlari nomini ayttirish;

  6. tozalikka amal qilinganini aniqlash.

  1. O‟tilgan mavzuni so‟rash va o`quvchilarning bilimlarini aniqlash

  1. Uyga qanday vazifa berilgan? (Mm harfli bo`g`in, so`z, gaplarni o`qib kelish)

Bolalar sinfimizda kimning ismi M tovush-harfi bilan boshlanadi? (Mamlakat, Munira, ….)

  1. M tovushi unlimi yoki undosh tovushmi?

  2. Undosh tovush ekanligini qanday aniqladingiz? (m tovushi og‟zimizda to‟siqqa uchraydi, qisqa aytiladi)

  1. Bo`g`in jadvalini o`qishni mashq qilish:

ma, mi, mo`, me, man, nam, mon, nom, min, im, …….

  1. So`z o`qish.




mana

nom

Omon

Naima

nam

min

Omina

Mannon

onam

ona

amma

Naim


  1. Matn o`qish va yod aytish.

-Ona, ana Naima ammam.
-Mannon, ( sumka rasmi) .
-Naima ammam (olma, uzum rasmi) . (Muzqaymoq rasmi) –Nomi nima?



  1. Maqolni yod aytish. Ona bilan bola –

Gul bilan lola.

  1. “So`z zanjiri “ o`yini.

Mm harflarini so‟zning boshida, o‟rtasida, oxirida kelishiga so`z topish. Har bir qator M harfi bilan boshlanuvchi ismlarni ketma-ket aytadi.

  1. “Kataklarni to`ldir“o`yini.

Mashina rasmi




















Maymun rasmi


























  1. Predmetning belgisini bildirgan so`zlarni topish. Qanday? mashina: -Ko`k, chiroyli, kuchli, katta mashina.

Qanday? maymun: - Jigar rang, chaqqon, bahaybat, qo`rqinchli maymun.

  1. Jismoniy daqiqa. Derazani ochaman Toza havo kirsin deb, Gullarga suv quyaman

Yashnab, unib, o‟ssin deb.

  1. Yangi mavzu.

  1. Tt tovushi bilan tanishtirish.

Telefon rasmi ko`rsatiladi va nomi so`raladi.
Telefon so`zi bo`g`inga bo`ldiriladi va har bir bo`g`indagi tovushlar soni aniqlanadi.
























So`zdagi t tovushi qisqa aytish yo`li bilan undagi t tovushining o`rni aniqlatiladi.




  1. T tovushining talaffuzi ustida ishlash. T tovushi talaffuzi jarayonida uning to`siqqa uchrashi, qisqa aytilishi, shuning uchun undosh tovush ekani izohlanadi.

T tovushli so`z topish.

  1. Tt harflari bilan tanishtirish. Kesma harf ichidan Tt harflari olib ko`rsatiladi.

Suhbat:
-Tt harflari qaysi harfga o`xshaydi?
-Undan nimasi bilan farq qiladi?
-Tt 1 harfida nechta element bor?
-Kesma harf ichidan Tt harflarini topib ko`rsating.
-Tt harfini “Harf kassasi“ga qo`ying.

  1. T tovushli bo`g`in o`qish.

to, o`t, o`n, to`, te, o`t, ta, ti, tan, …



6. So`z

o`qish.




tom




tamom

ot

it

to-mon




ti-nim

o-ta

man-ti




  1. Predmet rasmlari ustida ishlash. Ulardagi t tovushining o`rnini aniqlash.

Tovuq rasmi Tulki rasmi Tuya rasmi





  1. Matn o`qish. Doskaga matndagi so`zlar bo`g`inlarga bo`lib yozib qo`yiladi. A- na ot.

Ot .
.
Matn bilan rasm o`rtasidagi aloqadorlik ustida ishlash.
–Rasmda nima tasvirlangan?
-Rasmda rassom nimalarni tasvirlagan?
-Rassom qaysi ranglardan foydalangan? Nima uchun?
-Rasm asosida chiziqlar o`rniga so`z qo`yib o`qing.
-Tuzgan matningizning mazmunini so`zlab bering.
“Darvoza“ o`yini. Kesma bo`g`inlar asosida so`z tuzib darvozadan o`qib o`tishadi.


ti

Krossvord yechish.


Eniga:
Yovvoyi hayvonlar yashydigan joy. Bo`yiga:
O`rmonda yashaydigan hayvon.







  1. O`tilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi suhbat.

-Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
-Qaysi tovush va harf bilan tanishdingiz”
-Uyda nima qilib kelasiz? T tovushli hayvon, parrandalar nomini topib kelish. 10.Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
Savod o`rgatish davridagi har bir dars jarayonida nutq o`stirish ishiga alohida e‟tibor qaratiladi. Shundagina o`quvchilarda adabiy nutq (shevalar ta‟sirisiz, adabiy me‟yor asosidagi nutq) ko`nikmalari shakllanadi va malakaga aylanadi. Savod o`rgatish davrida og`zaki nutqning to`g`ri bo`lishi uchun so`z tarkibidan r, l, s, z, y kabi tovushlar analitik yo`l bilan ajratib olinadi va talaffuzi mashq qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang„ich sinflarda o„qishning hamma turiga bir xil talab qo„yiladi, ya'ni o„qish to„g„ri bo„lishi, tez, ongli va ifodali bo„lishi zarur. O`quvchilarning o`qish sur`atini oshirish ustida 1,2-sinfda amalga oshirilgan metodik ishlar keyingi sinflarda davom ettiriladi
Savod o`rgatish davrida tovushlar bilan tanishtirishda analitik va sintetik mashqlardan foydalanish texnologiyalari bo`yicha olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagicha xulosaga keldik:
1.”Alifbe“ darsligidagi rasmlar va matnlar o`quvchilarning so`z boyligini oshiradi, nutq odobi kabi fazilatlarni shakllantiradi .
3. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni tovush - harf bilan tanishtirishga doir analitik mashqlarni tashkil etishning ahvolini qoniqarli deb bo`lmaydi. Shuning uchun kesma harf va kesma bo`g`in bilan ishlash texnologiyalarini ishlab chiqib amaliyotga tavsiya qilish maqsadga muvofiq.
3. Analitik-sintetik mashqlarni tashkil etish texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar o`quvchilarning bo`g„inlab o`qish ko`nikmalari shakllantirdi.
5. O`qish texnologiyalari o`qilayotgan matn mazmunining to`liq va ongli o`zlashtirishni ta`minlaydi.


    1. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o‟rgatish darslarini tashkil etish bo`yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari mazmuni va ularning natijalari


Tadqiqot mavzusi yuzasidan dastlab metodik adabiyotlar, boshlang`ich sinf davlat ta`lim standarti, savod o`rgatish dasturi va “Alifbe” darsligi o`rganildi. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o‟rgatish, bu jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahvoli aniqlandi.


Tadqiqotimizga doir dars namunalari Farg‟ona viloyati Yozyovon tumanidagi 26-maktabda tajriba-sinovdan o`tkazildi. Tajribada 1- sinflardan jami 95 o`quvchi ishtirok etdi. Tajriba natijalarini quyidagi ko`rsatkichda ifoda etdik:
Biz taklif etgan texnologiyalar asosida mashg`ulotlar tashkil qilindi. Bu davrda quyidagi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi:

      1. O`qituvchi va o`quvchilar faoliyati doimiy kuzatildi.

      2. Dars ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tashkil qilindi.

Maxsus tavsiyalar asosida o`tkazilgan pedagogik tajribaning natijalari quyida keltirilgan va tahlil qilingan. Pedagogik tajriba boshlanishidan oldin tanlab olingan sinov sinflardagi o`quvchilarning o`qishi bilan oddiy sinflardagi o`quvchilarning o`qishi o`rtasida katta farq yuzaga keldi. Bular to`g`ri o`qib, o`qiganlari yuzasidan savollarga bergan javoblarida sezildi. Eksperiment sinflardagi o`quvchilarning maxsus mashqlar o`tkazilmagan paytdagi o`qish sur`atlari asosida olgan baholarini keltiramiz.

N

Maktab

Sinfi

O`quvchi lar soni

O`zlashtirish darajasi

Sifat o`zlashti
-rish

«5» «4» «3» «2»

1

18-maktab

1“A“

33

6

14

13




60%

2

25-maktab

1“A“

32

7

12

13

-

59 %

3

13-maktab

1“A“

30

7

14

9




70 %

Tajriba-sinov uchun tanlangan sinflarda o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini o`zlashtirish darajasi, darsga ishtiroki, darsdan tashqari o`qigan asarlari, qiziqishi aniqlab olindi. Bu yuqoridagi savollar asosida amalga oshirildi.


O`quv yili boshidan o`qituvchilarga har bir bolaning o`qishini sinchiklab o`rganish, alifbe darslarida biz bergan tavsiyalar yordamida mashg`ulotlarni tashkil etish topshirildi. Har bir bola bilan individual ishlash amalga oshirildi. O`quv yili oxirida tajriba-sinov ishlaridan so`ng o`quvchilarning o`qish ko`nikmalari aniqlandi va ular jadvalda quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi.

N

Maktablar

Sinfi

O`quvchi lar soni

O`zlashtirish darajasi

Sifat o`zlas hti-
rish

"5
"

"4
"

"3"

"2"

1

18-maktab

1 “A“

33

13

14

6

-

81,8
%

2

26-maktab

1“A“

32

14

13

5

-

84%

3

13-maktab

1 “A“

30

11

15

4

-

86,6
%

O`quv yili davomida alifbe darslari texnologiyalar asosida talab darajasida tashkil etildi. O`quvchilarning ishtiroki, faoliyati o`rganib borildi.


O`quvchilarning o`qishga munosabati o`zgardi. O`quv yili oxirida badiiy asar o`qishga qiziquvchilar soni 79 taga yetdi.
Quyida biz tajriba-sinovdan o`tkazgan dars ishlanmalarimizni keltiramiz:



Yüklə 88,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin