Doniyorning holatini tushungan Hikmat tog‘a, mehmonga kelib, oilaning fojiasini eshitib, u bilan o‘zi suhbatlashmoqchi bo‘ldi:
— Doniyor, sening ahvoling engil emas, tushunaman. Otasiz yashash qiyin, endilikda onang ham yoningda emas. Ota va onangning qilgan ishlari doimiy ravishda senga ta’sir etmoqda. Senga katta mardlik kerak. Ishonamanki, bunday mardlik senda bor.
Sen ota-onang qilgan ishlarga javob bermaysan. Bunda sening aybing yo‘q. Bu baxtsizliklarga o‘zlari aybdor. Sen juda muhim fuqarolik vazifang haqida bilishing kerak. U senga kuch bag‘ishlaydi va mardlik beradi. Onang odamlar oldida va sening oldingda aybdor. Va o‘zining aybi uchun u jazolangan. Onang qaytganda, sen ancha katta yoshdagi mustaqil yigit bo‘lasan. Bu vaqtga qadar senda oila va bolalaring bo‘lsa kerak. SHuning uchun, Doniyor, eslab qol, o‘sha vaqtda — kuchli va mustaqil bo‘lganingda onangning oyoqqa turishiga yordam berishing mumkin va berishga majbursan.
— Menmi? — hayron bo‘lib so‘radi o‘smir.
— Kim bo‘lmasa? — Hikmat tog‘a gapini davom ettirdi. — Sen onangning yakka o‘g‘lisan. U faqat sening siymoyingda o‘zining tiklanish manbaini ko‘radi, uning umidi faqat sendan. SHuning uchun, yodingdan chiqarma, ularning boshiga falokat tushsa yuraging iliq-issiqlikni yo‘qotmasin, ota-onang senga hayot bergan va o‘stirgan, ota-onani tanlamaydilar, ulardan tonmaydilar. Hozir esa, o‘zing uchun va onang uchun, bo‘lajak bolalaringni onasi uchun mardona turishing kerak. Bu – o‘zing munosib yasha deganidir.
Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. Bolaning hayajonlarini tavsiflang.
2. Urushda va hayotiy qiyinchiliklar bilan kurashishda odamda namoyon bo‘ladigan mardlik bir xilmi?
3. Hikmat tog‘a qanday tarbiyaviy uslubni qo‘lladi?
4. Hikmat tog‘aning o‘gitlari qanday pedagogik qimmatga ega? U o‘z vaqtida qilinganmi yoki yo‘qmi? Nima deb o‘ylaysiz?
5. Hikmat tog‘aning so‘zlaridan kelib chiqib, Doniyor qanday harakat qilishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: |