1-topshiriq. Xalq ta`limi vazirligining 2004-yil 26-fevraldagi 26-sonli hay`at majlisi qarori billan “Oila, mahalla, maktab” Konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiyaning oila va jamiyat uchun ahamiyatini ayting...
2-topshiriq.Oilada bolani to`g`ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri-tarbiyadagi birlikdir. Bunday ulkan ma`suliyatni, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o`rin egallaydi. Bu hamkorlik ishining mazmuni nimalardan iborat? Fikringizni bildiring...
3-topshiriq.Umumta`lim maktablarida o`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda nimalarga e`tibor qaratish lozim? Fikringizni bildiring...
4-topshiriq. Maktab jamoasi a`zolari, ota-onalar va mahalla-kuy hamkorligi ishlarining keng tarqalgan shakli va usullari mavjud.Bular qaysilar? Fikringizni bildiring...
“OILA PEDAGOGIKASI” FANIDAN TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR. Mustaqil ishlarni tashkil etishdan o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabalarda muayyan o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati hisobga olinadi. Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- muayyan mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
- seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish;
- o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar, nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ssenariylarini tayyorlash.
Mustaqil ishlarni bajarish uchun talabalar axborot manbasi sifatida darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatma va tavsiyanomalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar ro‘yxati, alfavitli katalog kabilardan foydalanishlari mumkin.