Savollarga javob bering.
1.Ommaviy axborot deganda nimani tushunasiz?
2.Qaysi gazeta yoki jurnallarni oqiysiz?
3.Qaysi telekorsatuvlarni tomosha qilishni yoqtirasiz? Nima uchun?
4.Reklama kishining ongiga qanday tasir otkazadi deb oylaysiz?
2. Quyidagi sozlar ishtirokida soz birikmalarini tuzing. Ular
yordamida Axborotning bugungi qiyofasi mavzusida matn tuzing.
toliq
aniq
kerakli
Axborot (malumot) yolgon/togri
tekshirilgan/tekshirilmagan
batafsil
shubhali
3.Berilgan tariflarni oqing. Ularning orasidagi farq haqida
fikr bildiring.
Gazeta (ital. gazzeta chaqa pul) kundalik voqealar togrisida
materiallar elon qilinadigan davriy bosma nashr. Uning vazifasi
jamiyatning axborotga bolgan ehtiyojini, manaviy intellektual
talablarini qondirishdan iborat.
Jurnal (fran. journal kundalik daftar) bosma davriy nashr,
axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri.
Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga tasir otkazish yoli bilan uni
shakllantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan goya va
qadriyatlarni singdiradi.
5. Quyidagi tushunchalarning mazmunini lugat yordamida
sharhlang.
Tortinchi hokimiyat, marifat, tasis etmoq, kongilochar,
rubrika, tezkor axborot, mediamaydon, tiraj.
6. Matnni oqing. Unga qoshimcha malumorlar kiriting.
Matnga sarlavha qoying.
Ommaviy axborot vositalarining insonlar ongiga tasiri qay
darajada kuchli ekanligini inkor etib bolmaydi. Biz ulardan dunyoda
yuz berayotgan hodisalar, siyosat, taniqli kishilar haqidagi malumotlar,
sport, ob-havo, moda va boshqalar haqida malumotlar olamiz. Shu bois
XXI asrda insonlarning hayotida matbuotning roli juda katta.
Matbuot sozi arabcha soz bolib, bosma asarlar, nashrlar degan
manoni bildiradi.
Ozbek matbuotini shakllantirishda va davriy nashrlar faoliyatini
tashkil etish hamda yolga qoyishda jadidchilardan Mahmudxoja
Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidov, Abdulla Avloniy, Abdurauf
Fitrat va Abdulhamid Cholponlar bosh-qosh bolganlar. Ular
marifatchi Ismoil Gaspirali muharrirligi ostida chiqqan Tarjimon
gazetasining ish tajribasiga tayanib, Taraqqiy, Xurshid, Shuhrat,
Osiyo, Sadoyi Turkiston, Samarqand, Sadoyi Fargona
gazetalarini va Oyna jurnalini chiqarganlar.
XX asr boshida olkamizda Nasha gazeta, Izvestiya,
Turkestanskaya pravda va Pravda Vostoka gazetalari chop etila
boshlagan.
Mustaqilligimiz tufayli ozbek matbuoti yangi rivojlanish
bosqichiga kotarildi. Davriy matbuotning ahamiyati va mavqe1yi har
jihatdan yuksaldi va keng taraqqiy etib, gullab-yashnadi. Unga barcha
jabha2lardagi islohotlarni yoritish, aholini xolis axborot bilan taminlash,
kishilar ongini shakllantirishda hukumat va xalq ortasida oziga xos
koprik sifatida qarala boshlandi va jamiyatimizdagi uch hokimiyat
qonun chiqaruvchi, ijro va sud tizimi bilan bir qatorda tortinchi
hokimiyat maqomi berildi.
Ommaviy axborot vositalari deb doimiy nomga ega bolgan,
ommaviy axborotni davriy tarqatishning bosma (gazetalar, jurnallar,
axborotnomalar, bulletenlar va boshqalar) yoki elektron (tele-, radio-,
video, kinoxronikal dasturlar, veb-saytlar) tarzda nashr etiladigan, efirga
beriladigan shakllariga aytiladi.
Ozbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga oid
bir qator qonunlar qabul qilinib, jurnalistlarning professional faoliyati
uchun zarur qulayliklar yaratildi. Xususan, Axborotlashtirish
togrisidagi, Ommaviy axborot vositalari togrisidagi,
Telekommunikatsiyalar togrisidagi, Reklama togrisidagi,
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar togrisidagi, Axborot olish
kafolatlari va erkinligi togrisidagi, Jurnalistlik faoliyatini himoya
qilish togrisidagi va boshqa qator qonunlarda axborot va soz
erkinligini taminlash hamda himoya qilish belgilab qoyildi.
Mustaqillik yillarida Ozbekistonda bosma ommaviy axborot
vositalari jadal suratlar bilan rivojlandi. Ozbekiston davriy
nashrlari quyidagi segmentlardan iborat:
ijtimoiy-siyosiy nashrlar;
iqtisodiyot, moliya va biznes sohasidagi nashrlar;
qishloq xo‘jaligi va fermerlik masalalari bo‘yicha nashrlar;
ta’lim va fan masalalari bo‘yicha nashrlar;
tibbiyot va salomatlik bo‘yicha nashrlar;
ko‘ngilochar nashrlar va dayjestlar;
xotin-qizlar uchun nashrlar;
sport matbuoti;
satirik nashrlar;
kechki gazetalar;
siyosiy partiyalar va harakatlarning nashrlari;
milliy tillardagi gazeta va jurnallar (qoraqalpoq, qozoq, tojik,
koreys va boshqa tillarda).
Hozirgi kunda mamlakatimizda Xalq sozi, Fidokor, Milliy
tiklanish, Adolat, Huquq, Hurriyat kabi siyosiy partiyalar va
vazirliklar tomonidan tasis etilgan gazetalar bilan bir qatorda
kongilochar nashrlar: Darakchi, Hordiq, Bekajon, Charxpalak
kabi gazetalar, Yoshlik, Sharq yulduzi, Guliston, Fan va
turmush, Saodat, Jahon adabiyoti, Gulxan kabi yuzlab jurnallar
chop etilmoqda.