Pedagogika instituti


Berilgan so‘zlarning ma’nosini lug‘at yordamida izohlang



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə12/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

7. Berilgan so‘zlarning ma’nosini lug‘at yordamida izohlang.
Notiqlik, sharh, sharhlovchi, hozirjavoblik, ta’sirchan, tashviqot,
targ‘ibot, bo‘yoqdorlik, talqin, tavsif, taassurot, mulohaza, nasriy.
8. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini nutq uslublarining
turlariga ko‘ra ajratib yozing.
Morfologiya, fuqarolik burchi, ichki tartib-intizom, aft, to‘nini
teskari kiymoq, energiya manbayi, xushbichim, man qilinadi, aziz
hamyurtlar, hormang, rioya qilish, aksioma, burchga sadoqat, bo‘tam,
tok o‘tkazgich, ish ishtaha ochar, iltimos, bashara, uchburchak, katta-yu
kichik, tenglama, tong nashidasi, oltin qo‘llar, yurtim shamoli, ofarin,
tushuntirish xati, nahotki, tuyaning dumi yerga tekkanda.
9. Quyidagi ma’lumotlarni o‘zbek tilida so‘zlab bering va
misollar keltiring.
Перифраз это семантически неделимое, иносказательное
выражение, которое описывает содержание другого слова или
сочетания слов. Перифраз называет понятие или явление другими
словами, сохраняя при этом его смысл, например:
голубая планета (Земля);
черное золото (нефть);
корабль пустыни (верблюд);
вечный город (Рим);
стальное полотно (железная дорога).
В публицистике перифраз используется с целью усиления
выразительности высказывания, более интенсивного воздействия
на читателя или слушателя.

Publitsistik uslub
Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni
matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish,
ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy
belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda
ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta-jurnallarda
ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda
ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun
iboralar, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda
gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi
fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq
undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat
paxtakorlarimiz mo‘l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin