Pedagogika instituti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə10/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

1-topshiriq. “Madaniyat va ma’rifat” telekanalidan teleko‘rsatuv matnini yozib oling. Adabiy so‘zlashuv nutqi talablariga mosligini tahlil qiling.
2-topshiriq. Og‘zaki so‘zlashuv uslubi va adabiy so‘zlashuv uslubini qiyoslang.
Eslab qoling:
1.Uslub—biror faoliyatni amalga oshirish tarzi, yo’li.

  • 2.Nutq uslubi—fikr ifodalash shakli.

  • 3.So‘zlashuv uslubi—kundalik hayotda kishilarning erkin muloqot shakli.

  • 4.Dialektizm—ma’lum hududda qo‘llanuvchi nutqiy vositalar.

Badiiy uslub (tilning ta’sir qilish, targ’ibot, tashviqot vazifasi) - inson
hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi,
o’quvchiga va tinglovchiga emotsional ta’sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Bu uslubda muallif tilning barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko‘ra, badiiy uslub keng imkoniyatga ega uslub turi hisoblanadi. Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir.
Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha
imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchida estetik zavq uyg`otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq ma’lum voqea- hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o‘quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish
badiiy uslubning muhim belgisidir. Badiiy uslub so‘z sa’natiga, timsoliy fikrlash sohasiga oid va funksional juhatdan biqiq – chegaralangan emas. Uning mazmun doirasining nihoyatda keng va u timsollar, badiiy to’qima, yozuvchi fantaziyasi natijasida yuzaga keladi. Badiiy uslubda proza, poeziya va dramaturgiya asarlar yaratiladi. Badiiy uslub timsol, ijod va shahs munosabatida yuzaga keladi. Badiiy uslubda umumxalq tili va adabiy tilning barcha qatlamiga mansub so‘z va iboralar
keng va faol ishlatiladi hamda estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi.
Badiiy adabiyot tili yoki badiiy uslub adabiy tilda alohida o‘rin tutadi. Badiiy
uslubda xalq tilidagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi. Badiiy uslubning
asosiy belgilari:
1. Turli tasviriy vositalar, chunonchi, sifatlash, qiyoslash, mubolag‘a, kinoya,
o‘xshatish va hokazolar qo‘llanadi:
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi,
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi (E. Vohidov).
Shoir bu misralarda badiiy tasvirning jonlantirish usulidan foydalanib, insonga
xos kulish (kulib qaraydi), tarash (sochlarini taraydi) harakatlarini quyoshga
nisbatan ishlatadi.
2. Til vositalaridan erkin foydalaniladi. Badiiy asarlarda adabiy tilga xos til
birliklari, shuningdek, adabiy tildan tashqarida bo‘lgan sheva, oddiy nutq, jargon kabilarga xos so‘zlar bo‘lishi ham mumkin. Bu uslubda muallifning o‘z bayoni
adabiy til me’yorlarida bo‘ladi. Ammo asarda ishtirok etuvchilarning nutqida
ularning xususiyatlarini ifodalash uchun adabiy tilda bo‘lmagan til birliklaridan ham foydalaniladi. Masalan, yozuvchi Abdulla Qahhor “Bemor” hikoyasida farg‘onalik yosh go‘dak nutqini shunday ifodalagan: Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin.
3. Badiiy asarda tasvirlanayotgan davrning ruhni aks ettirish uchun eskirgan va
yangi paydo bo‘lgan so‘z va iboralardan ham foydalaniladi.
4.Sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi.
Xullas, badiiy asarlar badiiy uslubda yoziladi. Unda so‘zlashuv uslubiga,
kitobiy uslublarga, shuningdek, xalq tiliga xos til birliklari ham bo‘ladi. 1.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin