Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə98/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?

  • PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi

  • PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot

  • TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring

  • ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro tadqiqot

kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur
PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.
PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi
5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.


2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari
(O‘qish savodxonligi yo‘nalishi)

O‘rin

Mamlakat

O‘rtacha ball

1

Singapur

535

2

Gonkong (Xitoy)

527

3

Kanada

527

4

Finlandiya

526

5

Irlandiya

521

6

Estoniya

519

7

Janubiy Koreya

517

8

Yaponiya

516

9

Norvegiya

503

10

Yangi Zellandiya

501



2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari
(Matematik savodxonlik yo‘nalishi)


O‘rin

Mamlakat

O‘rtacha ball

1

Singapur

564

2

Gonkong (Xitoy)

548

3

Makao (Xitoy)

544

4

Tayvan

542

5

Yaponiya

532

6

Xitoy

531

7

Janubiy Koreya

524

8

Shveysariya

521

9

Estoniya

520

10

Kanada

516

2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari
(Tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi)


O‘rin

Mamlakat

O‘rtacha ball

1

Singapur

556

2

Yaponiya

538

3

Estoniya

534

4

Tayvan

532

5

Finlandiya

531

6

Makao (Xitoy)

529

7

Kanada

528

8

Vyetnam

525

9

Gonkong (Xitoy)

523

10

Xitoy

518

Mo‘ljalimiz: o‘quvchilarimizda XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish.
Buning uchun nimalarni amalga oshirdik va yana qanday ishlarni bajarish zarur?
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi
“2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘ining
3-band 2-xatboshida:
Monitoring jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda ilg‘or xalqaro tajribalar(PISA, TIMSS va h.k.)ni o‘rgangan holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida o‘quv-metodik jarayonni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish
4-bandida:
Monitoring jarayoni uchun nazorat (testlar, yozma ishlar, so‘rovnoma, og‘zaki savollar, audio(video) materiallarini tayyorlashda ularning umumiy hajmiga nisbatan 20 % gacha o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga mos keladigan, o‘quv dasturi va darsliklardan tashqari, xalqaro tajribalarda
(PISA, TIMSS va h.k.) qo‘llanilgan materiallardan foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

2017-2018 o‘quv yili ta’lim sifati monitoring jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan foydalangan holda umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqildi.




































  1. Boshqarish deb nimaga aytiladi?

  2. Ta’lim muassasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang.

  3. Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi?

  4. Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud?

  5. Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi?

  6. Boshqaruv metodlariga izoh bering.

  7. Boshqaruv uslublari tushunchasini izohlang.

  8. Boshqaruv uslublarini tahlil qiling

  9. Xalqaro baholash dasturlarining me’yoriy asoslari deb nimaga aytiladi?

  10. PISA tushunchasini izohlang.

  11. PIRLS nima ?

  12. TIMSSni izohlang.



15-mavzu: Korreksion pedagogika asoslari
Inklyuziv ta’lim (Inclusive education)
Reja:


Mashg’ulot rejasi
1.Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
2. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko‘rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
3. O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.
4. Inklyuziv ta’lim tamoyillari, komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlari.
5. Inlyuziv ta’lim variantlari: doimiy, to‘liq; doimiy, noto‘liq; vaqtinchalik, qisman; epizodik; masofaviy ta’lim.
6. Maktabgacha ta’lim muassasasida inklyuziv ta’lim.
7.Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish. Inklyuziv jarayonni boshqarish. Individual ta’lim dasturlari.
8. Inklyuziv ta’limning maxsus usullari. Imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlashning pedagogik metodlari.
Tayanch tushunchalar: korrektsiya, korrektsion pedagogika, korrektsion pedagogika sohalari, anomaliya, korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari. inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya – yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.

Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.


Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin