II MODUL: PEDAGOGIKA FANINING NAZARIY ASOSLARI O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari. Professional ta’lim mazmuni. Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari.
Pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fani maqsadi va vazifalari. Pedagogika-tarbiya haqidagi fan va uning ijtimoiy hodisa ekanligi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Pedagogika fanining tuzilishi va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari.
Shaxs rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. “Shaxs” tarbiyasining tarkibiy qismlari. Bola shaxsinign rivojlanishi, tarbiyasi va kamoloti. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Shaxsning ijtimoiylashuvi.
Didaktika (Ta’lim nazariyasi) Didaktika tushunchasi, mazmuni va uning mohiyati. O‘qitish jarayoni.Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. O‘qitish jarayoni bosqichlari va uning vazifalari. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Ta’lim mazmuni Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar: Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar.